William Wrigley Jr kompaniyasi
Xitoyning 40% atrofidagi chaynaladigan rezinkalar bozorini egallab olishga
erishgan.
Hozirgi zamonda ijtimoiy saytlar orqali sotuvlarni yo’lgan qoyish ham katta
ahamiyatga ega bo’lib qoldi va olingan boshlang’ich natijalar barcha
bashoratlardan ham katta bo’lib chiqdi. Chunki, masalan,
Instagram ning bir
haftada milliarddan ortiq faol foydalanuvchilari mavjud.
Flurry ma’lumotlariga
ko’ra, rivojlangan mamlakatlarda o’rtacha hisobda har bir katta yoshli inson
internetda kuniga besh soat atrofida ishlaydi va ularning yarmi ijtimoiy saytlarda,
messenjerlarda va qiziqazli kanallarda vaqtini o’tkazadi. Ma’lumotlarga ko’ra,
ushbu foydalanuvchilarning 18% dan ortig’i ijtimoiy saytlarda nimalardir sotib
olishgan. Kelajakda bunday sotuvlar hajmi yanada ko’payib boradi hamda
foydalanuvchilar tajribasi ortadi. Masalan,
MVMT Watches kompaniyasi
Karusel formatidagi reklamadan foydalanib, chakana savdo magazinlarini chetlab o’tgan
xolda
Facebook orqali sotuvni boshladi. Hozirgi paytda ularning xaftalik daromadi
$15 ming dollar va ularning sahifasiga xaftasiga 1,5 ming inson tashrif buyuradi.
Smatfonlar orqali qulay usulda xarid qilish imkoniyati tufayli foyda miqdori ikki
barobarga oshgan.
Instagram orqali sotuvlar tashkil qilish ham foydali bo’lgan va
natijada savdoning oylik o’sish miqdori o’rtacha 29,8% ga yetgan. Demak, kimdir
ijtimoiy tarmoqlar orqali sotuvdan voz kechsa, ancha-muncha daromaddan
mahrum bo’lar ekan.
Google ning
mikromomentlari ham marketing jarayonini
optimallashtirish uchun yangi bir imkoniyatdir. Chunki bir martalik reklama
ma’lumotlari xozirgi paytda elektron tijotratda unchalik yaxshi samara bermayapti.
Endilikda
kompaniyalarning
raqobatbardoshliligiga
mikromomentlarni
optimallashtirish orqali erishiladi. Mikromomentlar nima o’zi?