12.6. Raqamli elektron marketingning tashkil qilinishi Elektron tijoratda ma’lumotlarni saqlash, o’qish va tanib olish uchun quyida
tavsiflangan bir qancha kodlashtirish turlaridan foydalaniladi:
Shtrix-kodlar – bunda tovar oq va qora vertikal chiziqchalar shaklidagi
grafik markirovka qilinadi va uning yordamida tovar haqidagi ma’lumotlarni
avtomatik ravishda o’qish mumkin bo’ladi.
QR-kod – sensor tomonidan ikki o’lchamli tasvir sifatida aniqlaniladigan
matritsaviy kod ko’rinishida bo’ladi. Bunda bitta kodga juda katta
miqdordagi ma’lumotlarni hamda fotografiyalarni yozib qo’yish mumkin
bo’ladi. Ma’lmotlar qancha ko’p bo’lsa, QR-kodning murakabliligi ham
shuncha ko’p bo’ladi. Ma’lumotlarni o’qish uchun bir marta skanirovanie
qilish kifoya bo’ladi.
NFC (Near Field Communication) – kontaktsiz ma’lumot uzatish tizimi
bo’lib, bunda ma’lumot uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar orasida
simsiz aloqa amalga oshiriladi.
3D -
interfeysning uch o’lchamli kubiklari – dinamik kubikning har bir
tomonida ma’lum bir massiv informatsiya saqlanadi. Ular virtual hamda
to’dirilgan voqe’lik tizimlarida ishlatilishi mumkin.
Ushbu kodlarning birini tanlash uchun bajarilishi lozim bo‘lgan operatsiyalardan
kelib chiqqan xolda optimal variantni tanlash tavsiya etiladi. Bu esa rahbarlar
hamda biznes egalari bilan kelishgan xolda hal qilinadi.
Xozirgi paytda reklamalarning yangidan-yangi turlari shiddat bilan
rivojlanib bormiqda. Bular jumlasiga ijtimoiy tarmoqlardagi reklamani, elektron
pochta orqali reklamani, qidiruv tizimlaridagi reklamani va YouTube orqali
reklamani kiritish mumkin. Internet tufayli operativ, tezkor va aniq analitikadan
foydalangan holda biznes samarador boshqaruv yechimlarini qabul qila boshladi.
Buning natijasida oldin mavjud bo;lmagan yangi mutaxassisliklar, shu jumladan,
SEO-mutaxassis (axtaruv optimizatsiyasi bo’yicha mutaxassis), SEO-kopirayter,
SEO-rerayter, SMM-mutaxassis (ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish bo’yicha
mutaxassis), content-menedjer, reklama kompaniyalarini sozlash bo‘yicha
mutaxassis (Googe Ad|words), ma’lumotlarni elektron pochtadan jo’natish
bo’yicha mutaxassis, infografika bo’yicha mutaxassis (vizualizator), HTML-koder,
YouTube kanalida reklama qilish bo’yicha mutaxassis va boshqalar.
Elektron biznesni, saytni, korporativ blogni reklama qilishning marketing
strategiyasi kompaniyaning bozorga muvaffaqiyatli kirib borishi, on-line va off-
line biznesda faoliyat ko‘ratishi va ularnda muvaffaqiyat qozonishi uchun zarurdir.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva