Elektron marketing (
elektronic marketing, e-marketing ) informatsion
texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalangan xolda bozorda o’z egallagan
joyini kengaytirishni, iste’molchilarning tovar va xizmatlardan qoniqishlarini
oshirishni va foydani ko’paytirishni ko’zda tutadi. Marketingning 4P-
kontseptsiyasini marketingni rejalashtirishning mahsulot (product), narx (price),
reklama (promotion) va joy (place) kabi ko‘rsatgichlarini ko’zda tutadi. Elektron
marketing uchun ushbu uchta elementlarning integratsiyasi ham muhim
ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, muvaffaqiyatli kompaniyalarning saytlari barcha
bunday 4P elementlariga ega:
1P ( product ) – sayt va uning dizayni raqamli maxsulotdir;
2P ( price ) –sayt mahsulot yoki xizmatning narxini ham ko’rsatadi, va demak
u prays-list sifatida bo’ladi;
3P ( promotion ) – saytning qanchali muvaffaqiyatga erishishini uning
usability darajasi (qulayligi, navigatsiyasi, dizayni) ko’rsatadi va shuning
uchun bu uning reklama funktsiyasini bajaradi;
4P ( place ) – sayt va sayt bo’yicha navigatsiya savdo nuqtasining qayerda
joylashganini ko’rsatadi va shuning uchun ham u mansulot yoki xizmatning
tarqatilish kanalidir.
Internet paydo bo’lishi bilan marketingning tabiati ancha-muncha o’zgarganiga
qaramay, 4P-kontseptsiyasi o’zining dolzarbligini yoqotmadi. Amaliyotda esa
elektron biznes hamda elektron tijoratda 4P ning tashkil etuvchilari orasidagi
farqlar ma‘lummiqdorda yo’qolib ketadi. Xamkorlir munosabatlari marketingi
(
partnership marketing ) kontseptsiyaning tashkil etuvchilarini 7P gacha
ko’paytiradi va bunda ko’shimcha tashkil etuvchilar sifatida ishtirokchilar
(personal va mijozlar) –