Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
1.
Saytning qancha ko’p sahifasi indekslashgan bo’lsa, saytdagi qidiruv trafigi ham
shunchalik ko’p bo‘ladi. Chunki indeksatsiya foydalanuvchilarga sayt
sahifalarini ko’rish imkonini beradi. Indeksatsiyani
oshirish uchun saytni
axtaruv tizimlari kataloglarida registratsiya qilish kerak.
2.
Saytda ilovalar joylashtirish va yuqori indeksatsiyani ta’minlab beradigan
internet resurslarga o’tishni ta’minlab berish juda yaxshi konversiyani
ta’minlaydi va indeksatsiyani ancha oshiradi. Bu usulni amalda „
ilovalar
almashinish
“ deb atashadi. Ammo bunda saytda boshqa internet resurslarga
o’tishni amalga oshiradigan juda ko’p havolalarni joylashtirish maqsadga
muvofiq emas, chunki bu holda saytga tashrif
buyurganlar boshqa begona
internet resurslarga o’tib ketadilar.
3.
Bannerlarni va pulli ilovalarni ommabop elaktron resurslarda joylashtirish
konversiyani ancha oshiradi;
4.
Yaxshi o’ylab tanlangan snippetlarga ilovalar ham saytga kiruvchilar sonini
oshiradi (
snippet – sayt sahifasi matnining qidiruv talabi amalga oshiriladigan
qismi, u qidiruv natijalarida ko’rsatiladi
);
5.
Saytning yuqori darajadagi unikal va qiziqarli kontentini saytning boshqa
qismlariga bo’lgan faol giperilovalar (maqolalarga, taqrizlarga, komentariylar,
hisobotlarga kabilar) bilan to’ldirish va uni boshqa resurslarda ham joylashtirish.
6.
Sayt matnini unikalliligini tekshirish mahsus elektron
resurslar yordamida
amalga oshrilishi mumkin, shu jumladan,
Dostları ilə paylaş: