Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə383/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

O’zbekistonRespublikasi 
Prezidentining 
PQ-3832 
03.07.2018dagi“O’zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli 
iqtisodiyotning mohiyati nima va uning asosiy tishunchali nimalardan iboratligi 
pishiq-puhta bilib olish talab qilinadi. 
 
Raqamli iqtisodiyot 
– jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va 
katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, 
texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va hizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib 
berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan va raqamli 
ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik 
faoliyatidir.
Raqamli (elektron) iqtisodiyot
– axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan 
foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada 
qondirish kabi o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan iqtisodiyot turidir. Bu iqtisodiyot 
axborot-kommunikatsiya 
va 
moliya 
texnologiyalarining 
rivojlanganligi, 
shuningdek, birgalikda gibrid dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat sub’ektlari – 
tovarlar va hizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni 
ob’ektlari va sub’ektlarining to‘laqonli o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini 
ta’minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo‘lishi mumkin. 
Raqamli iqtisodiyot
- xo’jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo’lib, 
unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli 
ko’rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni hizmat 
qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho’jalik yuritish 
shakllriga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin