Ta’minlanmanganlik – bitkoin va boshqa har qanday kriptovalyuta hech
nima bilan ta’minlanmagan. Uning ortida hech qanday mamlakat milliy valyutasi,
oltin zahiralari yoki boshqacha moddiy zahiralar turmaydi. Xuddi shuning uchun
ham kriptovalyutalar narxi va ular kursining tebranishi foydalanuvchilar
tomonidan unda bo’lgan qiziqish darajasiga bog’liq holos.
IaaS-hizmatlar –infratuzilma hizmat sifatida.
IPO (
Initial Public Offering ) –fond birjasida kompaniya aktsiyalarining
birlamchi joylashtirilishi.
IPO –
Initial Public Offering – qimmatli qog’ozlrni birlamchi ommaviy
joylashtirish.
IRR –
Internal Rate of Return – investitsiyalarning ichki daromadlilik
normasi
Innovatsiya — bu korxona yoki tashkilotning ijtimoiy yoki iqtisodiy
imkoniyatini yangi g‘oyalarni yaratish va qo‘llash orqali mazmunan va maqsadli
o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan urinishidir. Innovatsiya mavjud
bo‘lgan nomutanosibliklar, mahsulotlar va jarayonlarga bo‘lgan ehtiyojlar, biror
bir sohada va umuman bozordagi o‘zgarishlar, demografik o‘zgarishlar va Yangi
bilimlar natijasi bo‘lishi mumkin. Innovatsiyalar malaka, ijodiy(kreativ) fikrlash va
motivatsiyani talab etadi. Innovatsiyajarayonida g‘oyalar tashkilotga qo‘shimcha
daromad keltiradigan tovarlarga aylanadi.
Innovatsion fikrlash – bu muammolarni hal qilishga mantiqiy va ijodiy
yondashuvlarning oqilona kelishuvidir.
Individuallashtirish – individning shaxsiy, ya’ni uni boshqa insonlardan
farq qiladigan jihatlari. Individuallashtirish insonning ijodiy rivojlanishini
sinflar, milliy, diniy va boshqa oliy ta’lim muassasalari larning ta’siridan
sekin-asta ozod bo‘lishni taxmin qiladi.