Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə415/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Gorizontal savdo maydoni
- bir qancha tarmoqlar kompaniyalarini 
birlashtiradi `rb tarmoqlararo savdo maydoni. 
Global menejment paradigmasi – 
bu jahon darajasidagi milliy, madaniy yoki 
siyosiy an’analar va odatlardan qat’iy nazar, kompaniyalar tomonidan to‘liq yoki 
qisman amal qilinadigan boshqarish tizimidir. Bu tashkil qilish, qarorlar qabul 
qilish va asoslash kabi sohalarda o‘zaro bog‘langan, mantiqiy izchil harakatlar 
majmuidir. Global menejment paradigmasi xalqaro giperraqobatga–zamonaviy 
iqtisodiyotning tez o‘zgarib borayotgan sharoitida transmilliy korporatsiyalarning 
jadal raqobatiga nisbatan aks ta’sir sifatida paydo bo‘lgan tashkiliy, operatsion va 
strategik faoliyat tizimi hisoblanadi. 
Global tarmoq
– 
buochiq tizim bo‘lib, unga xohlagan kishi ulanishi 
mumkin, faqat bunda barcha uchun umumiy bo‘lgan qonunlarga amal qilishlozim 
bo‘ladi. Global tarmoq shunday tuzilganki, bunda mavjud tarmoq to‘rini 
o‘zgartirmay turib, uni kengaytirish, oshirish mumkin. Global tarmoq ochiq tarmoq 
tizimlari o‘zaro ta’sirining modeli hisoblanadi. 
Jarayonni integratsiyalashgan boshqarish
– 
boshqarishning tizimli usuli 
bo‘lib, uning asosiy xususiyati iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarni yagona 
jarayonga birlashtirishdan iborat. Xaridor qo‘lidagi mahsulot ishlab chiqarish 
siklining bir qismi deb hisoblanadi, bu esa xaridorni ishlab chiqarish jarayoniga 
integratsiyalashuvini (
qo‘shilishini
) nazarda tutadi. 
HRM
– 
Human Resource Management
– inson resurslarini boshqarish 
Havfsizlik– 
blokcheynga mustaqil ravishda hech kim o’zgartirish kirita 
olmasligi tufayli, kriptovalyutani ham qalbakilashtirish mumkin emas. 
HR 
(
human resources
) – zarur mahorat va tajribaga ega mutaxassislarni 
yollash, ishga olish, kadrlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis. 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin