Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bo‘limlaridagi ma’lumotlarni tushunish uchun ikki asosiy atamaning ma’nosini
tushuntirib o’tamiz:
1.
Asimmetrik kriptografiya
yoki ochiq (
yopiq)
kalit vositasida shifrlash usuli.
Bu usul simmetrik
kriptografiyadan farq qilib, unda ikkita shifrlash kaliti
ham ishlatiladi.
2.
Taqsimlangan tizim
– bir-biri bilan bog’langan va tarmoq orqali o‘zaro
muloqot qila oladigan hisoblash ob’ektlarining avtonom to‘plami
(
kompyuterlar, protsessorlar, ma’lumot uzatish va qabul qilish qurilmalari,
ma’lumot bazalari va boshqalar
)dir. Misol sifatida bir qancha protsessorlar
bilan jihozlangan va biror bir mashinaga murojaat
qiladigan fizik tarmoqni
keltirishimiz mumkin.
Endi esa tasavvurimizni yanada boyitish va kelajak istiqbollarni chamalay olish
uchun bitkoin paydo bo‘lganicha bo‘lgan davrdagi xolatni ko‘rib chiqamiz:
1977 yil
:
RSA
(
abbreviaturasi Ronald Rayvest, Adi Shamir va Leonard
Adleman nomlaridan olingan kompaniya. Bu insonlar birinchi bo‘lib ochiq kalitli
kriptosistemani ixtiro qilganlar
) shifrlash tizimining birinchi
tavsifi yaratilgan va
unda konfidensial ma’lumotlarni shifrlash uchun ochiq kalit ishlatilgan hamda
ularni deshifrlash uchun esa yopiq kalitdan foydalanilgan.
Dostları ilə paylaş: