Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
150 Sahifa 
patologiyaga bog’liq A.V. Pokrovskiy fikricha, ichki uyqu arteriyasining 
keskin stenozida yoki okklyuziyasida tashqi arteriya tarmoqlari orqali qon 
oqimi bosh miyani qon bilan ta’minlash uchun amaliy ahamiyatga ega. 
Umumiy uyqu arteriyalari nospetsifik aorto-arteriit bilan zararlanganda 
tanlanadigan operatsiya rezektsiya qilib protezlashdir. Ikkala uyqu 
arteriyasi okklyuzion zararlanganda bir vaqtning o’zida bifurkatsiyani 
protezlashi bajarish mumkin. Braxiotsefal tomirlardagi rekonstrukti 
operatsiyalardan keyin o’lim darajasi operatsiyaga ko’rsatmalarning to’g’ri 
aniqlanganiga, aralashuv lokalizatsiyasining, xirurg tajribasiga bog’liq va 1 
dan 4% gacha hollarni tashkil etadi. A.V. Pokrovskiyning ma’lumotlariga 
ko’ra elka-bog’ stvoli rekonstruktsiyasida qon oqimini hamma bemorlarda 
tiklashga muvaffaq bo’linadi. Davolash fizkulturasi, massaj, dori-
darmonlar bilan davolash mehnat qobiliyatining tezroq tiklanishiga imkon 
beradi. 
Lerish sindromi 
«Lerish sindromi» atamasi klinik amaliyotda qorin aortasi 
bifurkatsiyasi va yonbosh arteriyalarning stenozlaydigan va okklyuziya 
qiladigan zararlanishlari natijasidagi buzilishlar yig’indisini ifodalashda 
ishlatiladi. Bu sindrom klinik manzarasini birinchi marta 1923 yilda 
frantsuz xirurgi Rene Lerish batafsil tasvirlagan. Bu kasallik patologik 
anatomik tekshirishlarda 0,14% xollarda uchraydi (Felson, 1954). 
Bemorlarning taxminan 25 foizida konservativ davolash ikkala oyoqni 
amputatsiya qilish bilan tugallanadi. Umr ko’rish va oyoq holati prognozi 
jiddiy: kasallikning dastlabki simptomlari paydo bo’lgandan 8 yil o’tgach, 
bemorlarning uchdan bir qismi nobud bo’ladi, bunda ularning yarmida 
gangrena sababli oyoqlari amputatsiya qilinadi, uchdan ikki qismidan 
amputatsiya birmuncha keyingi davrda qilinadi, qolgan uchdan bir qismida 
oyoq holati yomonlashib boradi. 
Etiologiyasi.
Qorin 
aortasi 
va 
yonbosh 
arteriyalarining 
stenozlaydigan zararlanishlari tug’ma va orttirilgan kasalliklardan yuz 
berishi mumkin. Tug’ma kasalliklarga aorta qorin bo’limi gipoplaziyasi 
yoki atreziyasini kiritish lozim. Kasallik ham yallig’lanish bo’lmaydigan, 
ham orttirilgan yallig’lanish kasalliklaridan kelib chiqishi extimol. 
Aortaning yallig’lanishga aloqador bo’lmagan kasalliklari orasida 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin