O`quv qo`llanma
156 Sahifa
55 – rasm. Lerish sindromida o’tkaziladigan shuntlovchi operasiya.
Hozirgi vaqtda Lerish sindromini operatsiya usuli bilan davolash
tomir xirurgiyasining yaxshi ishlab chiqilgan bo’limi hisoblanadi.
Qorin
aortasi
bifurkatsiyasi
va
yonbosh
arteriyalari
normal
o’tkazuvchanligini tiklash uchun rekonstruktiv operatsiyalarning xar
uchala
turi:
rezektsiya
qilib
protezlash,
alloshuntlash
va
endarterektomiyadan
foydalaniladi.
Qorin
aortasi
okklyuziyasida
rezektsiya bilan (aortani kesib tashlamay) protezlash o’tkaziladi. Agar
qorin aortasining stenozlovchi zararlanishida (yoki yonbosh arteriyalari
o’tkazuvchanligi saqlanib qolgan bo’lsa, bifurkatsion aorta-son
alloshuntlashni amalga oshirgan yaxshi. Bemorning og’ir somatik holatida
oyoqlarda qon aylanishini tiklash uchun «yuza» yonbosh-son yoki
chatishma son-son va chatishma yonboshson shuntlash metodlaridan
foydalanish mumkin. Oyoqning xatto III va IV darajali ishemiyasida 70%
bemorlarda rekonstruktiv operatsiya qilish va oyoqni saqlab qolish
mumkin.
Ko’pchilik bemorlarda tomirlarning ikki tomonlama zararlanishi
uchraydi. Klinikasi bir tomonda ifodalangan bo’lishiga qaramay, tomirlar
Gospital xirurgiyasi
157 Sahifa
rekonstruktsiyasini ikkala tomondan bajarish zarur. Qorin aortasidagi
operatsiyalarda o’lim 2 dan 10% gacha o’zgarib turadi. Ko’pchilik
bemorlarda xirurgik davolash natijalari yaxshi. 83% bemorlarda yaxshi
natija saqlanib qoladi. Operatsiya qilingan 10-15% bemorlarda
ateroskleroz jarayoni avj olishi yoki distal anastomozlar soxasida yangi
intima o’sib qalinlashuvi sababli rekonstruktsiyalangan segment trombozi
tufayli simptomlar yana paydo bo’lish extimoli bor. Tomir protezlari
odatda asoratlar bermaydi. Oyoq distal tomir o’zani o’tkazuvchanligi
saqlanib qolganda (son chukur arteriyasi va loaqal bitta boldir arteriyasida)
bemorda takror operatsiya o’tkazish mumkin, u 75% bemorlarda yaxshi
chiqadi va oyoqda qon aylanishi qayta tiklanadi.
Rekonstruktiv operatsiyalar natijasi ko’p jixatdan qon tomir o’zani
holatiga bog’liq. Oyog’ida gangrenalari bo’lgan bemorlar guruxida
rekonstruktiv operatsiyadan 5 yil o’tgach yaxshi natijalar va amputatsiyaga
mahkum bo’lgan bemorlarda oyoqning saqlanib qolish 58% hollarda qayd
qilingan. Lerish sindromida rekonstruktiv operatsiyalar ko’pchilik
bemorlarda simptomlarni bartaraf etadi va normal xayotga qaytish
imkonini beradi.
Rentgenendovaskulyar dilatatsiya
. So’nggi vaqtlarda angiografiya va
rentgenendovaskulyar xirurgiyaning jadal rivojlanishi munosabati bilan
yangi istiqbolli yo’nalish – zararlangan arteriyalarning translyumbal
angioplastikasi bilan bir vaqtda nitinol spiral yordamida endoprotezlash
vujudga keldi (I.X. Rabkin va b.). Yonbosh va son arteriyalarining
rentgenendovaskulyar dilatatsiyasi rekonstruktiv operatsiyalar hajmini
kamaytirishga, o’limni kamaytirishga va keyingi natijalarni yaxshilashga
imkoniyat yaratdi.
Konservativ davolash
. Qorin aortasi bifurkatsiyasi va yonbosh
arteriyalari zararlanib, ishemiyaning I-IIA darajasi bo’lgan bemorlarda
1-2 oygacha konservativ davo qilinadi. Bunday davoni yiliga 2-3 marta
rekonstruktiv tomir operatsiyalaridan keyin o’tkazish maqsadga muvofiq.
Quyidagi preparatlar guruxlari ishlatiladi:
1. Ganglioblokatorlar: bupatol, midokalm, vaskulat.
2. Me’da osti bezlari preparatlari: andekalin, dilminal, angiotrofin,
padutin, depo-padutin, depo-kallikrein, priskol, vazolastin.
|