Gospital xirurgiyasi 165 Sahifa
chetlari bo’lgan zararlanishning diffuzligi xarakterli. Nospetsifik aorto-
arteriitda zararlanish hajmi katta. Tomir konturlarining chetlari sillik, aniq.
Qorin aortasi va tarmoqlarining bevosita va bilvosita belgilari farq
qilinadi. Bevosita belgilarga aorta va tarmoqlari konturining kontrast tasvir
yo’qligi bilan uzilishi kiradi. Tomirning retrograd to’lishi, kontrast
tasvirning kuchsizligi, asimmetrik to’lgan o’zanida kontrastning tutilib
qolish bilvosita belgilardan hisoblanadi. Angiografiya ma’lumotlarini
o’rganish zararlanish hajminigina emas, balki kollateral qon oqimi yo’llari
hisobiga qon aylanishini kompensatsiya qilish yo’llarini ham aniqlash
imkonini beradi. Chunonchi, masalan, qorin aortasining o’rta
okklyuziyalarida kollateral qon aylanishi ikkita sistema hisobiga amalga
oshiriladi. Birinchisi – qorin aortasi past okklyuziyasidagi kabi lyumbal
arteriyalar sistemasi: Ikkinchisi – yuqori va pastki ichak tutqich
arteriyalarida shakllanadigan qovurg’alararo anastomoz (Riolan ravog’i).
Qorin aortasining yuqori okklyuziyalarida kollateral qon aylanishi asosan
ichak tutqicharo anastomoz sistemasi orqali amalga oshiriladi (Riolan
ravog’i).
III. Tekshirishlarning intraoperatsion bosqichi quyidagilarni o’z
ichiga oladi: 1. Qorin aortasi va tarmoqlarini reviziya (taftish) qilish.
2. Aortada va uning tarmoqlarida arterial bosimni aniqlash – elektr
manometriya. 3. Elektr magnit floumetriya.
Operatsiya vaqtida aorta-yonbosh segmenti okklyuzion zararlanish
darajasini va qancha masofadaligini baholash g’oyatta muxim. O’z-o’zidan
ma’lumki, oddiy reviziya, paypaslab ko’rish ularning zararlanish darajasi
to’g’risida taxminiy tushuncha beradi, xolos. Oyoq arteriyalari bo’ylab qon
oqimi buzilishining darajasi to’g’risida aorta bilan okklyuziya bo’lgan
joydan distal masofadagi magistral arteriya o’rtasidagi bosim gradientini
o’lchash – elektr manometriya muayyan tasavvur beradi. Qon oqimini
tekshirishning birmuncha ishonchli metodi elektr magnit floumetriya
bo’lib, gemodinamik buzilishlarning og’ir-engilligi to’g’risida uzilkesil
tushuncha bera oladi. Tekshirishning intraoperatsion bosqichi diagnozni
to’kis-tugal aniqlash va optimal operatsiya rejasini tanlashga yordam
qiladi.
Qorin aortasi surunkali okklyuziyalarining Sh.I. Karimov bo’yicha
klassifikatsiyasi: