O`quv qo`llanma 166 Sahifa
I. Okklyuziya darajasi:
1) qorin aortasining past okklyuziyasi: - pastki ichak tutqich
arteriyasi zararlanmasligi bilan; - pastki ichak tutqich arteriyasi zararlanishi
bilan;
2) qorin aortasining o’rta okklyuziyasi pastki ichak tutqich
arteriyasi okklyuziyasi bilan;
3) Qorin aortasining yuqori okklyuziyasi: - buyrak arteriyasi
zararlanmasligi bilan; - buyrak arteriyalari zararlanishi va vazorenal
gipertenziya sindromi bilan; - buyrak arteriyalari va vistseral tarmoklarning
zararlanishi, vazorenal gipertenziya va abdominal ishemiya bilan.
II. Periferik o’zan xolati:
1) distal blok yo’q;
2) distal blok bor.
III. Oyoqlar ishemiyasi darajasi:
1 bosqichi – kompensatsiya;
2 bosqichi – o’tib ketadigan buzilishlar;
3 bosqichi – barqaror tomir etishmovchiligi;
4 bosqichi – gangrenalar.
IV. Boshqa tomir havzalarining birgalikda zararlanishlari:
- braxiotsefal tomirlar miya tomirlari etishmovchiligi bilan
zararlanishi;
- toj arteriyalar yurak surunkali ishemik kasalligi bilan birga
zararlanishi.
Davolash. Qorin aortasining surunkali okklyuzion zararlanishlari
xirurgik patologiyadir. Patologik jarayonning ishemiyaga uchragan
zonalarni kompensatsiya qiladigan kollateral yo’llar o’zilishi bilan avj
olishi,
tomirlarning
okklyuziyadan
distalroq
zararlanishi
oyoq
gangrenasiga o’tadigan og’ir ishemiyaga sabab bo’ladi. Proksimal tromb
sathining orta borishi qon oqimidan buyrak va vistseral arteriyalarning
uzilib qolish xavfini tug’diradi, bu buyraklar va qorin bo’shlig’i organlari
funktsiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Normal qon oqimini
tiklashga va shu tariqa xayotiy muhim organlar funktsiyasini saqlab
qolishga faqat xirurgik yo’l bilan erishiladi.