Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
167 Sahifa 
56 – rasm. O’ng oyoq gangrenasi. 
 
Xirurgik operatsiya nechog’lik erta bajarilsa, natija shunchalik 
yaxshi bo’ladi. Operatsiyani xarakteri bo’yicha 3 guruhga bo’lish mumkin: 
1. Rekonstruktiv yoki radikal. 
2. Bilvosita rekonstruktiv (umrov osti va qo’ltiq-son). 
3. Palliativ (vaqtincha engillashtiradigan).
Palliativ operatsiyalar rekonstruktiv operatsiya qilish mumkin 
bo’lmagan hollardagina qo’llanilishi mumkin. Periarterial simpatektomiya, 
epinefrektomiya shular qatoriga kiradi. Bu operatsiyalarni bajarishdan 
maqsad periferik tomir o’zanini desimpatizatsiya qilish va kollateral qon 
aylanishini yaxshilashdan iborat. Bemor xayotini qutqarib qolishga 
qaratilgan majburiy tadbir bo’lgan oyoqni amputatsiya qilishni (kesish) 
ham shartli ravishda shular qatoriga kiritish mumkin. 
Bilvosita o’tkaziladigan rekonstruktiv operatsiyalar (distantsion 
o’mrov osti-son va qo’ltik-son arteriyalarini shuntlash) quyidagi 
sharoitlarda bajarilishi kerak:
1. Yurak-tomirlar sistemasi va boshqa xayotiy muxim organlarning 
og’ir buzilishi sababli letal natijaga olib borish ehtimoli bo’lgan bemorning 
og’ir umumiy holati. Asosiy rekonstruktiv operatsiyadan oldin tez avj olib 
boradigan intoksikatsiya hodisalari va gemostazning og’ir buzilishlarini 
bartaraf etish uchun dastlabki bosqich sifatida o’tkaziladi. 


O`quv qo`llanma
168 Sahifa 
2. Oyoqning tez avj olib boradigan ishemiyasida va qorin aortasi 
okklyuziyalarida radikal operatsiya o’tkazish imkoni bo’lmaganda. 
Magistral qon oqimini tiklashning asosiy turi uni rezektsiya qilib 
alloprotezlashdir. Bugo’ngi kunda bu operatsiya plastik xirurgiyani 
rivojlantirishdagi muhim bosqich hisoblanadi.
Rekonstruktiv operatsiyalar bajarishga quyidagilar mutlaqo monelik 
qiladigan hollar hisoblanadi: - tez-tez xurujlar bo’lib turadigan, nafas 
qisadigan, yaqinda (6 oygacha) boshdan kechirilgan miokard infarkti 
bo’lgan toj tomirlar etishmovchiligining og’ir formalari; - miya qon 
aylanishining yangi (6 oygacha) buzilishlari gemiplegiya xodisalari bilan; - 
buyrakning organik zararlanishlari subkompensatsiyalangan buyrak 
etishmovchiligi hodisalari bilan. 
Operatsiya vaqtidagi asoratlar. Eng jiddiy asoratlardan biri operatsiya 
vaqtida qon ketishidir. Qon ketishining sabablari: tomirlarning shikastlanib 
qolish, anastomozning etarlicha germetik emasligi, aorta distal bo’limining 
bog’lanmaganligi va gipokoagulyatsiyalar. 
Operatsiya vaqtidagi protez trombozi ko’p uchraydigan asorat 
hisoblanadi. Tromboz sabablari: tomirlardagi qonning distal stazi, tromb 
uzilishi, arterial bosim tushib ketishi bilan yuz beradigan gipovolemiya. 
Operatsiyadan keyingi davr asoratlari: yurak-tomirlar, nafas va o’tkir 
buyrak etishmovchiligi, ichak infarkti, peritonit, oyoq-qo’llar gangrenasi, 
qon ketishlar, eventeratsiya, operatsion jaroxatning yiringlab ketishi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin