Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
177 Sahifa 
orqali o’tiladigan chap tomonlama torakofrenolyumbotomik yo’l afzal deb 
hisoblanadi. Xirurgik korrektsiya usulini tanlash okklyuziyalovchi jarayon 
tabiatiga va xarakteriga bog’liq. 
Qorin stvoli ekstravazal kompressiyasida adekvat qon oqimini 
tiklash ko’p hollarda arteriyani bosib turadigan omillardan ozod qilishning 
o’zi kifoya qiladi. Operatsiyalarning rekonstruktiv usullari: - transaortal va 
transarterial trombendarterektomiya; - arteriyalarni rezektsiya qilish va 
protezlash; - replantatsiya operatsiyasi; - arteriyalararo shuntlash 
operatsiyalari. Arteriya proksimal segmentida etarlicha diametrdagi 
chegaralangan zararlanish bo’lishi trombendarterektomiyaga ko’rsatma 
hisoblanadi. Endarterektomiyani transarterial va transaortal usullar bilan 
amalga oshirish mumkin. 
Transarterial endarterektomiyaning moxiyati zararlangan arteriya 
segmenti ustidan o’tkazilgan arteriotomik kesma orqali o’zgargan intima 
va pilakchalarni olib tashlashdan iborat. Arteriyani rezektsiya qilish va 
protezlash qorin aortasi vistseral tarmoqlarini rekonstruktsiya qilishning 
asosiy usullaridan biri sanaladi. Arteriyada hosil bo’lgan nuqson o’rnini 
to’ldirish uchun diametri 8-10 mm bo’lgan lavsan-ftorlon to’qima 
protezlaridan va autoven-plastikadan foydalaniladi.
Vistseral tarmoqdarni protezlashga ko’rsatma bo’lib, zararlanish 
etiologiyasidan qatiy nazar zararlanishning prolongatsiyali formalari 
hisoblanadi. 
Replantatsiya 
operatsiyasining 
moxiyati 
zararlangan 
segmentni rezektsiya qilish va uni aortaning o’zgarmagan qismiga qayta 
tikishdan iborat. Replantatsiya to’g’risidagi masalani asosiy stvoli etarlicha 
uzun bo’lgan ichak tutqich arteriyalari zararlangan takdirdagina o’rtaga 
qo’yish mumkin. 
Shuntlash operatsiyalari.
Bu operatsiyalarning moxiyati zararlangan 
segmentni chetlab o’tib qon oqimini tiklashdan iborat. Operatsiyalarning 
turli xil metodikalari ishlab chiqilgan, ularni shartli ravishda 2 guruhga 
bo’lish mumkin: aorta-arterial shuntlash va arteriyalararo anastomoz 
operatsiyalari. Shuntlashda qon oqimi zararlangan arteriya bilan qon oqimi 
manbai o’rtasiga qo’shimcha kiritma (allo- yoki automaterialdan) qo’yish 
yo’li bilan tiklanadi. Qon shu kiritma bo’ylab okklyuziyalangan magistral 
xavzasiga yo’naladi. Shartli rekonstruktiv (dekompressiyalaydigan) 
operatsiyalar. Qorin stvoli ekstravazal kompressiyasida bajariladi va uni 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin