Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
178 Sahifa 
bosib turgan omillardan ozod qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. 
Dekompressiyalaydigan operatsiyalarga: diafragmaning o’rta fibroz 
boylamini qirqish, diafragma medial oyoqchasini qirqish – krurotomiya, 
gangliyalarni olib tashlash va quyosh chigali nerv tolalarini qirqish
arteriyalarni o’rab turgan fibroz to’qimalardan ozod qilish – arterioliz 
kiradi. Shunday qilib, vistseral qon aylanishi buzilishini xirurgik yo’l 
bilangina korrektsiya qilishga erishish mumkin. 
Asoratlari.
Operatsiya bajarish jarayonida va operatsiyadan keyingi 
davrda yuz berishi mumkin bo’lgan asoratlar bu xavfli sharoitlarni 
profilaktika qilishni, bular paydo bo’lganda esa bartaraf etish choralarini 
ko’rishni talab etadi. Yuraktomirlar, nafas va o’tkir buyrak 
etishmovchiligi, ichak infarkti va peritonit aksariyat o’lim bilan 
yakunlanadi. Rekonstruktiv segment trombozlari, qon oqishlar, operatsion 
jaroxat yiringlashi, qorin bo’shlig’i organlari eventratsiyasi xirurgik 
davolashning etarlicha og’ir oqibatlari hisoblanadi va organni, ba’zan esa 
bemor xayotini ham qutqarib qolish maqsadida shoshilinch tadbirlar 
ko’rishni talab etadi. 
Oyoqlarning surunkali kritik ishemiyasi 
Etiologiyasi.
Ateroskleroz, 
obliteratsiyalovchi 
endarteriit 
(trombangiit), diabetik angiopatiya oyoqlar surunkali kritik ishemiyasini 
(OSKI) kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. V.S. Savelev (1997) 
bo’yicha oyoq arterialarining surunkali obliteratsiyalovchi kasalliklari 
(OASOK) nozologik turlari bo’yicha quydagilarga ajratiladi: ateroskleroz 
– 81,8%, obliteratsiyalovchi trombangiit – 14%, diabetik angiopatiya – 6% 
va nospetsifik aorto-arteriit (periferik shakli) – 9% holatlarda uchraydi. 
A.V. Gavrilenko (2000) esa aterosklerozni 82,2%, endarteriitni 17,6%, 
aorto-arteriitni 0,3% kasallarda aniqlagan. Aorta va oyoqlar arterialari 
obliteratsiyalovchi aterosklerozi yurak va miya qon tomirlari jarohatlaridan 
keyin uchinchi o’rinda turadi. Birlamchi OSKI aterosklerozda
61,1% hollarda ko’p qavatli zararlanishi bilan kuzatiladi. Aorta-son 
segmentining zararlanishi 50,6% holatlarda, boshqa arterial segmentlar 
bilan birgalikda zararlanishi esa 49,4% holatlarda uchraydi. 
Patogenezi.
OSKI o’rta va kichik diametrli, magistral va kollateral 
arteriyalarda qon aylanishining etishmovchiligi sababli kelib chiqadi. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin