O`quv qo`llanma 178 Sahifa
bosib turgan omillardan ozod qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Dekompressiyalaydigan operatsiyalarga: diafragmaning o’rta fibroz
boylamini qirqish, diafragma medial oyoqchasini qirqish – krurotomiya,
gangliyalarni olib tashlash va quyosh chigali nerv tolalarini qirqish,
arteriyalarni o’rab turgan fibroz to’qimalardan ozod qilish – arterioliz
kiradi. Shunday qilib, vistseral qon aylanishi buzilishini xirurgik yo’l
bilangina korrektsiya qilishga erishish mumkin.
Asoratlari. Operatsiya bajarish jarayonida va operatsiyadan keyingi
davrda yuz berishi mumkin bo’lgan asoratlar bu xavfli sharoitlarni
profilaktika qilishni, bular paydo bo’lganda esa bartaraf etish choralarini
ko’rishni talab etadi. Yuraktomirlar, nafas va o’tkir buyrak
etishmovchiligi, ichak infarkti va peritonit aksariyat o’lim bilan
yakunlanadi. Rekonstruktiv segment trombozlari, qon oqishlar, operatsion
jaroxat yiringlashi, qorin bo’shlig’i organlari eventratsiyasi xirurgik
davolashning etarlicha og’ir oqibatlari hisoblanadi va organni, ba’zan esa
bemor xayotini ham qutqarib qolish maqsadida shoshilinch tadbirlar
ko’rishni talab etadi.
Oyoqlarning surunkali kritik ishemiyasi Etiologiyasi. Ateroskleroz,
obliteratsiyalovchi
endarteriit
(trombangiit), diabetik angiopatiya oyoqlar surunkali kritik ishemiyasini
(OSKI) kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. V.S. Savelev (1997)
bo’yicha oyoq arterialarining surunkali obliteratsiyalovchi kasalliklari
(OASOK) nozologik turlari bo’yicha quydagilarga ajratiladi: ateroskleroz
– 81,8%, obliteratsiyalovchi trombangiit – 14%, diabetik angiopatiya – 6%
va nospetsifik aorto-arteriit (periferik shakli) – 9% holatlarda uchraydi.
A.V. Gavrilenko (2000) esa aterosklerozni 82,2%, endarteriitni 17,6%,
aorto-arteriitni 0,3% kasallarda aniqlagan. Aorta va oyoqlar arterialari
obliteratsiyalovchi aterosklerozi yurak va miya qon tomirlari jarohatlaridan
keyin uchinchi o’rinda turadi. Birlamchi OSKI aterosklerozda
61,1% hollarda ko’p qavatli zararlanishi bilan kuzatiladi. Aorta-son
segmentining zararlanishi 50,6% holatlarda, boshqa arterial segmentlar
bilan birgalikda zararlanishi esa 49,4% holatlarda uchraydi.
Patogenezi. OSKI o’rta va kichik diametrli, magistral va kollateral
arteriyalarda qon aylanishining etishmovchiligi sababli kelib chiqadi.