O`quv qo`llanma 174 Sahifa
Surunkali abdominal ishemiya sindromini diagnostika qilish uchun
qator funktsional sinamalar taklif etilgan, ulardan ko’p qismining mohiyati
hazm
yo’liga
nagruzka
tushirish
yo’li
bilan
abdominal
simptomokompleksni yuzaga keltirishdan iborat. Biroq, bu sinamalarning
diagnostik qimmati yuqori emas, shuning uchun ular keng qo’lamda tan
olinmadi va klinik amaliyotda qo’llanilmadi.
Laborator tekshiruvlar .
Ichak
absorbtsion
va
sekretor
funktsiyasining holati to’g’risidagi axborotni bemor koprogrammalarini
o’rganib olish mumkin. Badbo’y xidli, shilimshik, neytral yog’, muskul
tolalar, biriktiruvchi to’qimaga boy, shakllanmagan suyuk, axlat hazm
organlarining sekretor va absorbtsion funktsiyalari buzilganligidan dalolat
beradi. Vitamin B12 bilan o’tkaziladigan sinama (Shillenger testi) yo’g’on
ichak distal bo’limining absorbtsiya holati to’g’risida ma’lumot beradi.
Metod Co56 bilan nishonlangan vitamin B12 ning radioaktiv dozasi
peroral qabul qilinganda 24 soat ichida siydik bilan ajratilgan vitaminni
aniqlashga asoslangan. Normal sharoitlarda qabul qilingan dozaning
10 dan 30 foizigacha chiqariladi. Absorbtsiya buzilganda siydik bilan
ajratilgan vitamin miqdori kamayadi. Me’da ichi pH-metriyasi usulida
me’da
sekretsiyasini
tekshirishning
muayyan
ahamiyati
bor.
Rentgenoskopiya ichak motor funktsiyasining buzilganini, shuningdek
qator destruktiv o’zgarishlarni aniqlashga yordam beradi.
Diagnostikaning boshqa usullari bilan birga bu ma’lumotlar
muayyan qimmatga ega bo’ladi. Endoskopik tekshirish usullari
(gastroduodenoskopiya va kolonoskopiya) abdominal patologiyaning
tomirlardan kelib chiqishinigina emas, balki me’da, o’n ikki barmok ichak
va yo’g’on ichakda o’sma va boshqa organik kasalliklar bor-yo’qligini
aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Qorin aortasi vistseral tarmoqlarining okklyuzion zararlanishlarini
angiografik diagnostika qilish surunkali abdominal ishemiya sindromining
asosiy diagnostika usuli hisoblanadi. Rentgen kontrast usulgina qorin
aortasi vistseral tarmoqlarining zararlanganini aniq va abdominal
patologiyaning tomirli genezini isbotlab berishga imkon yaratadi. Vistseral
tarmoqlar Seldinger bo’yicha retrograd angiografiya usuli va Dos Santos
bo’yicha translyumbal punktsion aortografiyada kontrastlanishi mumkin.
Angiografiyaning u yoki bu usulini qo’llanish terminal aorta, yonbosh va