Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Davolash.
Vistseral qon aylanishining surunkali buzilishi – xirurgik 
muammodir. Normal qon oqimini faqat operatsiya yo’li bilan tiklash 
mumkin. Surunkali abdominal ishemiyaning subkompensatsiyalangan va 
dekompensatsiyalangan 
bosqichi 
operatsiya 
qilishga 
ko’rsatma 


O`quv qo`llanma
176 Sahifa 
hisoblanadi. Okklyuziya jarayoni (kompensatsiya bosqichi) asimptom 
kechganda vistseral qon oqimi quyidagi hollardagina korrektsiya qilinadi: - 
qorin aortasi va uning boshqa tarmoqlari zararlanganligi tufayli 
o’tkazilayotgan operatsiya gemodinamika sharoitlarini o’zgartirib, 
buzilgan vistseral qon aylanishini yanada og’irlashtirishi va kompensatsiya 
holatidagi izdan chiqqan vistseral qon oqimini battar buzishi mumkin; - 
vistseral tarmoqlar qorin aortasining o’z patologiyasi tufayli bajarilayotgan 
operatsiya aralashuvi zonasida bo’lib qoladi. Birga qo’shilib kelgan 
zararlanishlarning turli xil variantlari bo’lganda xirurgik taktika va 
operatsion aralashuv to’g’risidagi masalani xal qilishda umuman 
patologiya xarakteridan kelib chiqish lozim. 
Klinik amaliyotda quyidagi birga keladigan zararlanishlar uchraydi: 
bir necha vistseral tarmoqlar varianti; vistseral va buyrak arteriyalari 
varianti; vistseral tarmoqlar va qorin aortasi, vistseral va buyraklar va qorin 
aortasi tarmoqlari varianti. Qorin stvoli va yuqori ichak tutqich arteriyasi 
zararlanganda ikkala arteriyadagi buzilgan qon aylanishini bir vaqtning 
o’zida korrektsiya qilishga xarakat qilish zarur. 
Proksimal vistseral tarmoqlar va buyrak arteriyalarining qo’shilib 
kelgan zararlanishlarida abdominal qon oqimini korrektsiya qilish kerak. 
Vistseral tarmoqlar va qorin aortasining qo’shilib kelgan zararlanishlarida 
ham qon oqimini bir vaqtning o’zida korrektsiyalashga xarakat qilish 
kerak. Pastki ichak tutqich arteriyasining revaskulyarizatsiyasi to’g’risidagi 
masala muxim, terminal aorta rekonstruktsiyasida va yonbosh-son 
shuntlashda ishemik buzilishlar yo’g’on ichakning chap yarmida paydo 
bo’ladi. Bu o’rinda protez bilan aortaning proksimal anastomozi darajasi 
ahamiyatga ega. Uni pastki ichak tutqich arteriyasi chiqadigan joydan 
yuqorida qo’yilganda ichak ishemiyasi rivojlanishi uchun sharoitlar 
vujudga keladi, chunki asosiy qon oqimi shunt bo’ylab yo’naladi, pastki 
ichak tutqich arteriyasidan qon oqimi esa reduktsiyalanadi. Shuning uchun 
aorta-son shuntlashda proksimal anastomoz pastki ichak tutqich arteriyasi 
satxiga qo’yiladi. 
Qorin aortasi vistseral tarmoqlaridagi qon oqimini korrektsiya 
qilishda operatsiya qorin aortasiga va uning tarmoqlariga yaxshi yo’l 
ochibgina qolmay, balki xirurgning ilgari mo’ljallab qo’ygan operatsiya 
rejasiga o’zgartirish kiritishga imkon berishi kerak. IX qovurg’alararo 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin