Gospital xirurgiyasi
173 Sahifa
1. Umumiy klinik tekshiruvlar bosqichi:
bemordan batafsil
so’rabsurishtirish va kasallik anemnezini yig’ish, bemorni ko’zdan
kechirish, qorin aortasi va uning tarmoqlarini, shuningdek yuza joylashgan
magistral arteriyalarni (uyqu, o’mrov osti, yonbosh, son arteriyalari kabi)
palpator va auskultativ aniqlash, qorin aortasi
va uning tarmoqlarini
fonoangiografik tekshirish.
2. Tekshiruvning ixtisoslashgan statsionar bosqichi: funktsional
diagnostika
usullari, laboratoriyada tekshirish usullari, me’da-ichak yo’li
rentgenoskopiyasi,
gastroduodenoskopiya,
kolonoskopiya,
qorin
aortografiyasi, selektiv tseliako- va mezenterikografiya.
3. Tekshiruvning intraoperatsion bosqichi: qorin bo’shlig’i organlari,
qorin aortasi va vistseral
tarmoqlarini taftish qilish, vistseral arteriyalarni
elektromanometriya va elektrofloumetriya qilish.
Bemorlardan so’rab-surishtirishda va
fizik tekshiruv usullarida
surunkali abdominal ishemiya sindromi borligi to’g’risida taxmin qilishga
asos bo’ladigan tayanch nuqtalar quyidagilardir: - ko’p martalab tekshirish
va terapiyaning naf bermaganligi; - og’riq
simptomokompleksi va ichak
disfunktsiyasining
ovqat
eyish
bilan
aloqadorligi;
-
og’riq
simptomokompleksi kuchi va davomliligining hazm organlarining
funktsional jixatdan faolligiga –
hazm tsikliga muvofiq kelishi; - boshqa
arterial xavzalarda (braxeotsefal, buyrak, yonbosh, son kabi) qon aylanishi
buzilishi belgilarining mavjudligi.
58 – rasm. Qorin stvoli stenozi