Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
181 Sahifa 
tomirlari neyropatiyasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, klinik manzarali yoki 
yashirin kechishi mumkin. Neyropatiya “diabetik panja” rivojlanishida 
asosiy boshlang’ich omil bo’lib hisoblanadi. Qon tomir o’zgarishlari 
diabetning yashirin davrida paydo bo’lib, diabetni kelib chiqishini oldindan 
xabar beruvchi belgisi bo’lishi mumkin. 
Qandli diabetda qon tomir devoridagi mikroskopik o’zgarishlardan 
gialinoz, bazal membrana qavatini qalinlashishi, qon tomir devorida oqsil-
lipid PA-pozitiv moddalarini yig’ilishi va keyinchalik ularni kamayishi 
kuzatiladi va bu o’zgarishlar tomir ichi obliteratsiyasiga olib keladi. Bu 
holatni boldir mushaklari perinevral arteriolalarida, kapillyarlarida, teri va 
panja 
mushaklari 
arteriolalarida 
uchratish 
mumkin. 
Arteriola, 
prekapillyarlar, kapillyarlar, postkapillyar va venulalardagi o’zgarishlar 
diabet uchun xos bo’lib, boshqa to’qima va a’zolarda ham aniqlanadi. 
Qator chet el va o’z olimlarimizning fikriga ko’ra, mikroangiopatiya asorat 
emas, balki qandli diabet klinik sindromining neyropatiya singari, asosiy 
qismi bo’lib hisoblanadi. Elektron mikroskopiya va maxsus miqdoriy tahlil 
usuliga yordamida diabet kasalligida arteriyalar advetitsiyasi aksonlari 
sonining kamayishi aniqlanadi. Nerv oxiri va mushak xujayrasi oralig’i 
biriktiruvchi to’qima bilan to’ladi, bu esa mushak to’qimasi yuzasidagi 
mediator kontsentratsiyasi va effektor xujayralar yuzasiga etib boradigan 
mediator tezligiga ta’sir qiladi. Xarakat nervlaridagi degenerativ 
o’zgarishlar panja mushagining atrofiyasi, uning deturtsiyasi, panjadagi 
“yuqori bosim nuqtalarining” o’zgarishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida 
yumshoq to’qimalarda o’zgarishlar va zararlanishlarni kelib chiqishiga 
sabab bo’ladi. Vegetativ nerv sistemasining zararlanishida panja 
terlashining kamayishi, infektsiya darvozasi bo’luvchi panja terisini 
qurishi, darz ketishi va qadoqlar paydo bo’lishi kuzatiladi. 
Yuqorida aytilganlarning barchasi “diabetik panjani” keltirib 
chiqaruvchi angiopatiya va neyropatiya bir-biriga bog’liq bo’lgan 
patologik jarayonlar ekanligini, hamda panja mikrotsirkulyatsiyasini 
keskin 
kamayishiga 
sabab 
bo’lishini 
ko’rsatadi. 
Diabetik 
mikroangiopatiyani zo’rayib borishi natijasida infektsiya qo’shilishi 
kuzatilishi mumkin, bunda yiringli-nekrotik jarayonlar, ya’ni oyoqlarning 
diabetik gangrenasi kuzatiladi. Bunga teriga o’sib kirgan tirnoq, 
ishqalanish, tirnalishlar va boshqalar sabab bo’ladi. Diabetik gangrena 


O`quv qo`llanma
182 Sahifa 
o’ziga xos xususiyatlariga ega: ko’pincha nam bo’ladi, tez rivojlanuvchi 
nekroz bilan birga kuzatiladi, jarayonni cheklanishi kuzatilmaydi.
F.S. Tkach (1987) fikricha, ikkita patogenetik shaklni farqlash kerak:
1) tomir zararlanishi ustunligi bilan; 2) og’ir mikroangiopatiya fonidagi 
infektsion jarayon – gangrena ustunligi bilan kuzatiladigan. Diabetik 
mikroangiopatiyada – nam gangrena, obliteratsiyalovchi endarteriitda esa 
quruq gangrena kuzatiladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin