Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
180 Sahifa 
zo’raytiradigan arteriolo-venulyar shuntlashga olib keladi. Keyinchalik 
kasallikni zurayishi a’zolardagi qon etishmovchiligini yanada ko’paytiradi. 
Bu esa, o’z navbatida a’zodagi distal qismlarda arteriovenoz shuntlashga 
va og’ir ishemiya (“tinchlikdagi og’riqlar”) klinikasini yuzaga keltiradi. Bu 
erda gemodinamik buzilishlar «xalqali zo’rayish» hosil bo’ladi, natijada 
arterial oqimining keskin susayishiga, arteriovenoz vazoplegiyaga, venoz 
dimlanish va arteriovenoz shuntlashning proksimal tarqalishiga olib keladi. 
Boldirning ishemik shishi, keyinchalik esa yumshoq to’qimalarda 
destruktiv jarayonlar, ya’ni kritik ishemiya rivojlanadi. 
Boldir ishemik shishiga olib keluvchi sabablar: venoz dimlanish, 
limfovenoz etishmovchilik, kallikrein-kinin tizimining faollashuvi, 
zararlangan a’zo to’qimalaridagi gipoksiya, giperkapniya va atsidoz, 
antioksidant faolligini kamayishi bilan kechuvchi lipidlarning perikisli 
oksidlanishi faollashuvi, trobotsit va leykotsitlarning faolashuvi, ularning 
qon 
tomir 
devoriga 
adgeziyasining 
ortishi 
(biologik 
aktiv 
substantsiyalarning ko’p chiqarilishi bilan) natijasidagi endoteliyning 
funktsiyasini buzilishi, oksidlovchi fermentlarning faolligini kamaytiruvchi 
autolitik fermentativ jarayonlar. Bu buzilishlarning hammasi, a’zo 
mushaklarning ishemiyasini qaytmas ekanligini ko’rsatadi. 
Qandli diabet asoratlaridan oyoqlarning diabetik gangrenasi jarrohlar 
diqqatini o’ziga tortadi. Bu asoratlarning kelib chiqishiga oyoqlar makro- 
va mikroangiopatiyasi, neyropatiya sabab bo’lgan. Yaqin kunlargacha 
bizning adabiyotlarimizda “diabetik panja” atamasi ishlatilmagan, shuning 
uchun, shifokorlar bu jarayonni mustaqil kasallik deb hisoblashmagan, 
lekin bu muammo juda dolzarb hisoblanadi. 
"Diabetik panja" atamasi – yig’ma tushuncha bo’lib, katta tibbiyot 
entsiklopediyasida bu atama panjadagi anatomo-funktsional o’zgarishlar 
simptomokopleksi deb hisoblanadi. Yiringli-nekrotik jarayonlarning 
rivojlanishiga diabetik neyropatiya, mikro- yoki makroangiopatiya, 
osteoartropatiya sabab bo’ladi. "Diabetik panja" sindromi kandli diabet 
kasalligida 30-80% holatlarda uchraydi. Bu guruhda oyoqlar amputatsiyasi 
15 barobarga ko’p bajariladi.
“Diabetik panja” rivojlanishida uchta asosiy omillar, ya’ni 
neyropatiya, makro- yoki mikroangiopatiya va infektsiya muhim o’rin 
tutadi. Oyoqlarning periferik qon tomirlari zararlanishi, asosan panja 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin