Gospital xirurgiyasi
183 Sahifa
alimentar
buzilishlar, chekish va endoteliyda fagotsitlar faolligini
aktivlashtiruvchi immun va mikrobli omillar sabab bo’ladilar.
A.A. Tarkovskiyning (1996) fikricha, lipidlar perekisli oksidlanish
mahsulotlarining
yuqori
miqdori
va
antioksidant
aktivlashuvi
ko’rsatkichlarining kamligi oyoklar kritik ishemiyali guruhda kuzatiladi.
OSKI aniqlashda funktsional va rentgenologik tekshiruv usullari
qo’llaniladi. Funktsional
usullarga reovazografiya, sfigmografiya,
pletizmografiya, ostsillografiya va ultratovush dopplerografiyalar (UTDG)
kiradi. Rentgenologik usullarga esa rentgenkontrastli, digital subtraktsion
va magnit-rezonans angiografiya kiradi.
Ko’rsatilgan funktsional tekshiruv usullaridan reovazografiya o’ziga
xos o’ringa ega. Bu usulda to’qimalardan yuqori chastotali tok o’tganda
hosil bo’ladigan pulsli tebranishlar yozib olinadi. Bunda arterial, venoz,
kapillyar holati
birgalikda yozib olinadi, ammo har birini alohida aniq
o’zgarish darajasini ham aniqlab bo’lmaydi va bir oyoqni yo’qligida
ko’rsatkichlar olinmaydi. Sfigmografiya, pletizmografiya, ostsillografiya,
taxiostsillografiya kabi usullar nisbiy ma’lumot
beradilar, kollaterallar
holatini ko’rsatishmaydi va tomirlar holati xaqida noto’liq tushuncha
beradilar. OSIKni keng tarqalgan noinvaziv tekshiruv usullaridan biri
bo’lgan ultratovush dopplerografiya, ob’ektiv
usul hisoblanadi, klinik va
metodik chegarasizligi bilan, yuqori informativligi bilan ajraladi. Unda
elka-oyoq indeksini (OEI) hisoblash, regionar qon oqimi holati xaqida
xabar olish, atravmatik va kasal uchun bezarar qo’llash,
regionar
gemodinamikani buzilishlarida, oyoqlar ishemiya darajasini aniqlashda
omil sifatida ishlatish mumkin.
Angiografiya tekshiruv usuli qon tomir jarrohligini rivojlanishiga
katta hissa qo’shgan va oxirgi 10 yillik ichida asosiy tekshiruv usul bo’lib
qolgan. U «oltin standart» tekshiruv usuli bo’lib, ko’p hollarda tomirlarni
zararlanishida jarrohlik taktikani aniqlaydi,
hamda oyoq gangrenasida
amputatsiya uchun eng qulay joyni aniqlaydi. Angiografiyadan so’ng
asoratlar qator olimlar fikricha 0-14% ni tashkil etadi.
Bu usullar yuqori ma’lumotligiga qaramay kapillyarlarda qon oqimi
xaqida ma’lumot bermaydilar. Vaholanki OASOKda zararlangan oyoqning
to’qimasida qon aylanishini va metabolizmini baholashda kapillyarlardagi
qon
oqimi
holati
katta
rol
o’ynaydi.
Kapillyaroskopiya
–