Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari



Yüklə 123,24 Kb.
səhifə1/20
tarix15.10.2023
ölçüsü123,24 Kb.
#155734
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari


  1. Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari.

Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bo’lib, uning maqsadi iqtisodiy
munosabatlarga miqdoriy o’lchamlarni berishdan iborat. “Ekonometrika”
iborasi(so’zi) 1910 yilda (Avstro-Vengrya) buxgalter P.Tsemp tomonidan kiritilgan
(u “ekonometriya” degan). Tsemp, “Agar buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga
algebriya va geometriya usullarini qo’llansa, u holda xo’jalik faoliyati natijalari
to’g’risida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo’lish mumkin” deb ta’kidlagan.
Ushbu ibora ko’p vaqt davomida ishlatilmagan bo’lsada, “ekonometrika” iborasi
iqtisod ilmida yangi yo’nalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi.
Iqtisod fanida yangi yo’nalish - “ekonometrika” 1930 yilda paydo bo’ldi.
“Ekonometrika” (grekcha “metron”) so’zi ikkita “ekonomika” va “metrika”
so’zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning o’zida
ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi. Uning
mazmuni: iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ochilgan va asoslangan aloqa va
munosabatlarni miqdoriy ifodalashdan iborat. Demak ekonometrika iqtisodiy
hodisalarni o’lchash va tahlil qilish haqidagi fandir.
Ekonometrikaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni o’rganishda bir nechta fanlarni
birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog’liq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi, statistika
va matematik usullarni birlashtirish va o’zaro to’ldirish natijasida yuzaga kelgan.
Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun ushbu usullarga hisoblash texnikasi
tadbiq etilgan.
Ekonometrika fanining predmeti, usullari, vazifalari va asosiy tushunchalari
1933 yilda R.Fisher tomonidan “Ekonometrika” jurnaliga asos solindi. Jurnalda
u ekonometrikaga quyidagicha ta’rif bergan: “Ekonometrika-bu o’sha iqtisodiy
statistika emas. Ko’p qismi miqdoriy xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy nazariyaning
ham o’zi emas. Ekonometrika matematikani iqtisodga qo’llash ham emas. Tajriba
shuni ko’rsatadiki har uchchala statistika, iqtisodiyot nazariyasi va matematika
fanlarining komponentalari zamonaviy iqtisodiy xayotni miqdoriy tomonlarini
anglash uchun zaruriy, lekin etarli bo’lmagan shartlaridir. Bu-uchta fanning birligidir.
Bu birlik ekonometrikani tashkil etadi”.
Shunday qilib, ekonometrika-bu iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’zaro
bog’lanishini miqdor jihatdan ifodalovchi fandir.
Ekonometrik usullar oliy statistika deb nomlanuvchi juft va ko’p o’lchovli
regressiya, juft, xususiy va ko’p o’lchovli korrelyatsiya, trendlarni ajratish va boshqa
davriy qatorlar komponentalari, statistik baholash usullari asosida yuzaga kelgan va
rivojlangan.



  1. Yüklə 123,24 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin