Etiologiya va patogenezi.
1. Intravazal – tomirlarning xar xil
organik stenozlovchi kasalliklari: ateroskleroz, nospetsifik aorto-arteriit,
fibromuskulyar displaziya, vistseral tarmoqdar anevrizmasi, turli
patologiyalar, tug’ma rivojlanish nuqsonlari.
2. Vistseral tarmoqlar kompensatsiyasini keltirib chikaradigan
ekstravazal sabablar: qorin stvolining diafragma elementlari, gangliyalar va
kuyosh chigali nerv tolalaridan bosilishi. Vistseral tarmoqlarning
periarterial fibrozdan deformatsiyasi va ularning qo’shni organlarining
o’smalaridan bosilishi.
Surunkali abdominal ishemiyaning asosiy simptomi og’riq
hisoblanadi.
Surunkali
abdominal
ishemiyada
og’riq,
O`quv qo`llanma
170 Sahifa
simptomokompleksining kelib chiqishi quyidagicha: to’qima ishemiyasi
gipoksiyaga, metabolik o’zgarishlarga, atsidoz rivojlanishiga, oksidlanib
ulgurmagan maxsulotlar va gistaminsimon moddalarning ko’p miqdorda
yig’ilishiga olib keladi, ular organ ichida joylashgan nerv oxirlarini
ta’sirlantiradi. To’qimalar ishemiyasi to’g’risidagi signallar ishemiyaga
uchragan organ va vegetativ markaz joylashgan joyda og’riq, bilan
namoyon bo’ladi. Og’riqning epigastriyda joylashishi, o’ng qovurg’alar
ostiga o’tishi, yuqori ichak tutqich arteriyasi xavzasidagi ishemiyada butun
qorin bo’ylab tarqalishi shu bilan izoxlanadi. Normada qonning bir
havzadan ikkinchisiga oqib tushishi, shuningdek qonning bitta
magistralning turli tarmoqlari o’rtasida qayta taksimlanishi shu bosqichda
turgan organlarga etarli mikdorda kon etkazib berilishini ta’minlaydi.
Qorin stvoli okklyuziyasida qon aylanishining etishmasligi yuqori ichak
tutqich arteriyasi havzasidan qon oqib o’tishi bilan to’ldiriladi. Hazm
jarayoniga yuqori ichak tutqich arteriyasi havzasidan qon bilan
ta’minlanadigan organlar qo’shilmagan paytda qorin stvoliga qon oqib
kelishi etarli bo’ladi. Ichaklarga ovqat lukmasi tushgan va surilgan sayin
qon oqimi keskin kamayadi, chunki ichaklarning o’zi qo’shimcha qon
tushishiga muhtoj bo’ladi. Stvol havzasiga qon tushishining kamayishi
tegishli organlar, birinchi galda jigar ishemiyasiga olib keladi, chunki jigar
hazm jarayonining boshidan oxirigacha funktsional jixatdan faol holatda
bo’ladi.
Yuqori ichak tutqich arteriyasining okklyuzion zararlanishlarida
ishemiya aksariyat qorin stvoli havzasida rivojlanadi. Jigar hazm
jarayonining butun tsikli ichida etarli darajadagi qon mikdoriga muhtojligi
sababli qorin stvoli havzalaridan qon oqib ketishi uning ishemiyasiga olib
keladi. Yuqori ichak tutqich arteriyasi okklyuziyasida birinchi galda pastki
ichak tutqich arteriyasi (Riolan ravog’i) kengayadi va qon oqimini
to’ldirishda qatnashadi. Qorin-ichak tutqich anastomozi – qonni
etkazishning birmuncha qisqa yo’li kamroq qatnashadi. Og’riq intensivligi
hazm organlari ishemiyasining darajasiga bog’liq.
Ishemik
buzilishlarning
boshlang’ich
bosqichlarida
og’riq
simptomlari kompleksi davriyligi va intensivligida muayyan qonuniyatni
aniqlash qiyin. Shunga qaramay, ko’pchilik bemorlar ko’p ovqat
eyilgandan va «parhez buzilgandan» keyin og’riq paydo bo’lishidan
|