Gospital xirurgiyasi 175 Sahifa
son arteriyalari holatiga bog’liq. Ular ateroskleroz bilan zararlanganda
Seldinger bo’yicha retrograd aortografiya qo’llanishi mumkin emas,
chunki okklyuziyalovchi jarayon zond kiritilishiga to’sqinlik qiladi va eng
muximi son arteriyasi trombozi yuz berish xavfini vujudga keltiradi.
Shunday sharoitlarda yuqori translyumbal aortografiya qo’llanish lozim.
Ikkita – oldingi, orqa va yon proektsiyalarda tekshirishda qorin aortasi
vistseral tarmoqlarining xalati to’g’risida zarur ma’lumot olish mumkin.
Aortogramma va selektiv angiogrammalarni taxlil qilishga asoslanib
angiografik simptomlarni farq qilsa bo’ladi.
Quyidagilar biror magistral tarmoq zararlanganidan darak beradi: -
qorin-ichak tutqich va ichak tutqicharo anastomozlar irmoqlari kollateral
qon aylanish yo’llarining kengaishi; - okklyuziyalangan magistral
tarmoqlar va stvollarining retrograd to’lishi; - qo’shni zararlanmagan
magistralning kompensator kengayishi; - buyrak arteriyasi diametrining
taloq arteriyasi diametridan oshganligi; - zararlangan magistral va uning
tarmoqlarining birmuncha aniq kontrastlanishi; - kontrast moddaning
zararlangan magistraldan aortaga qayta o’tmasligi.
Surunkali
abdominal
ishemiya
sindromini
intraoperatsion
diagnostika qilish vistseral tarmoqlarni taftish qilishdan iborat. Arteriya
devorlarining qalin tortishi, aterosklerotik pilakchalar va boshqa
o’zgarishlar borligi aniqlanadi. Arteriya ustida palpatsiyada aniqlanadigan
titrash qon aylanishi buzilganini ko’rsatadigan belgi hisoblanadi.
Zararlangan arteriyada stenozlangan uchastkadan distalrokda arterial
bosimni aniqlash va uni aortadagi bosim bilan taqqoslash tsirkulyator
buzilishlarning og’ir-engiligi to’g’risida tushuncha beradi. Zararlangan
arteriya bo’ylab qon oqimi reduktsiyasi darajasini aniqlashga imkon
beradigan elektromagnit floumetriya birmuncha faol ko’rsatkichlar beradi.
Surunkali abdominal ishemiya sindromi diagnozining to’g’riligiga
shubxa tug’ilgan sharoitlarda qorin bo’shlig’i organlarini hazm yo’lidagi
organik kasalliklarni aniqlash (yoki istisno qilish) maqsadida taftish
o’tkazish lozim.