Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Etiologiya va patogenezi.
1. Intravazal – tomirlarning xar xil 
organik stenozlovchi kasalliklari: ateroskleroz, nospetsifik aorto-arteriit, 
fibromuskulyar displaziya, vistseral tarmoqdar anevrizmasi, turli 
patologiyalar, tug’ma rivojlanish nuqsonlari. 
2. Vistseral tarmoqlar kompensatsiyasini keltirib chikaradigan 
ekstravazal sabablar: qorin stvolining diafragma elementlari, gangliyalar va 
kuyosh chigali nerv tolalaridan bosilishi. Vistseral tarmoqlarning 
periarterial fibrozdan deformatsiyasi va ularning qo’shni organlarining 
o’smalaridan bosilishi. 
Surunkali abdominal ishemiyaning asosiy simptomi og’riq 
hisoblanadi. 
Surunkali 
abdominal 
ishemiyada 
og’riq, 


O`quv qo`llanma
170 Sahifa 
simptomokompleksining kelib chiqishi quyidagicha: to’qima ishemiyasi 
gipoksiyaga, metabolik o’zgarishlarga, atsidoz rivojlanishiga, oksidlanib 
ulgurmagan maxsulotlar va gistaminsimon moddalarning ko’p miqdorda 
yig’ilishiga olib keladi, ular organ ichida joylashgan nerv oxirlarini 
ta’sirlantiradi. To’qimalar ishemiyasi to’g’risidagi signallar ishemiyaga 
uchragan organ va vegetativ markaz joylashgan joyda og’riq, bilan 
namoyon bo’ladi. Og’riqning epigastriyda joylashishi, o’ng qovurg’alar 
ostiga o’tishi, yuqori ichak tutqich arteriyasi xavzasidagi ishemiyada butun 
qorin bo’ylab tarqalishi shu bilan izoxlanadi. Normada qonning bir 
havzadan ikkinchisiga oqib tushishi, shuningdek qonning bitta 
magistralning turli tarmoqlari o’rtasida qayta taksimlanishi shu bosqichda 
turgan organlarga etarli mikdorda kon etkazib berilishini ta’minlaydi. 
Qorin stvoli okklyuziyasida qon aylanishining etishmasligi yuqori ichak 
tutqich arteriyasi havzasidan qon oqib o’tishi bilan to’ldiriladi. Hazm 
jarayoniga yuqori ichak tutqich arteriyasi havzasidan qon bilan 
ta’minlanadigan organlar qo’shilmagan paytda qorin stvoliga qon oqib 
kelishi etarli bo’ladi. Ichaklarga ovqat lukmasi tushgan va surilgan sayin 
qon oqimi keskin kamayadi, chunki ichaklarning o’zi qo’shimcha qon 
tushishiga muhtoj bo’ladi. Stvol havzasiga qon tushishining kamayishi 
tegishli organlar, birinchi galda jigar ishemiyasiga olib keladi, chunki jigar 
hazm jarayonining boshidan oxirigacha funktsional jixatdan faol holatda 
bo’ladi. 
Yuqori ichak tutqich arteriyasining okklyuzion zararlanishlarida 
ishemiya aksariyat qorin stvoli havzasida rivojlanadi. Jigar hazm 
jarayonining butun tsikli ichida etarli darajadagi qon mikdoriga muhtojligi 
sababli qorin stvoli havzalaridan qon oqib ketishi uning ishemiyasiga olib 
keladi. Yuqori ichak tutqich arteriyasi okklyuziyasida birinchi galda pastki 
ichak tutqich arteriyasi (Riolan ravog’i) kengayadi va qon oqimini 
to’ldirishda qatnashadi. Qorin-ichak tutqich anastomozi – qonni 
etkazishning birmuncha qisqa yo’li kamroq qatnashadi. Og’riq intensivligi 
hazm organlari ishemiyasining darajasiga bog’liq. 
Ishemik 
buzilishlarning 
boshlang’ich 
bosqichlarida 
og’riq 
simptomlari kompleksi davriyligi va intensivligida muayyan qonuniyatni 
aniqlash qiyin. Shunga qaramay, ko’pchilik bemorlar ko’p ovqat 
eyilgandan va «parhez buzilgandan» keyin og’riq paydo bo’lishidan 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin