Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti


Surunkali abdominal ishemiya sindromi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Surunkali abdominal ishemiya sindromi 
Qorin aortasi vistseral tarmoqlarining surunkali okklyuzion 
zararlanishlari bilan o’tadigan simptomlar kompleksi adabiyotda turli 
nomlar ostida yuritiladi. «Qorin anginasi» atamasi eng ko’p tarqalgan va 
ko’pchilik uni qabul qilgan.
Kasallikning uchta simptomi bor: ovqat eyilgandan keyin hazm 
jarayoni cho’qqisida qorinda anginoz xurujsimon og’riq paydo bo’lishi, 
ichak 
disfunktsiyasi, 
tobora 
oriqlab 
ketish. 
A.V. 
Pokrovskiy 
muallifdoshlari bilan «surunkali abdominal ishemiya sindromi» degan 
atama birmuncha asosli deb hisoblaydilar, u patologik jarayon xarakterini, 
uning moxiyatini – ishemiya va abdominal lokalizatsiyasini aniq 
ta’kidlaydi. 


Gospital xirurgiyasi
169 Sahifa 
Surunkali abdominal ishemiya sindromi ostida qorin aortasi vistseral 
tarmoqlarining surunkali zararlanishlari sababli hazm organlaridagi qon 
aylanishi etishmovchiligi va klinik jixatdan qorinda og’riqlar, ichaklar 
disfunktsiyasi tushuniladi. Bu odatda ovqat eyilgandan keyin hazm 
organlarining funktsional aktivligi cho’qqisiga chiqqanda paydo bo’ladi, 
qisman bemorlarda tobora oriqlab ketish kuzatiladi. Qorin aortasi vistseral 
tarmoqlarining surunkali okklyuzion zararlanishlarini 1843 yildan boshlab 
o’rganilgan. Bu davrda nemis patologoanatomi Tademan murdani yorib 
ko’rayotganida yuqori ichak tutqich arteriyasi stvolida okklyuziyani 
aniqlagan. Amaliyotga tekshirishning rentgen kontrast usullarining joriy 
qilinishi vistseral qon aylanishining surunkali buzilishlarini o’rganishda 
ikkinchi bosqich hisoblanadi. 1958 yilga kelib, Mikkelson va Zaro 
angiografiya yordamida yuqori ichak tutqich arteriyasi stenozini 
aniqladilar va birinchi marta qorin anginasining inson xayotligidagi 
diagnozni qo’ydilar. 
Kasallikning nechog’lik uchrashi hanuzgacha aniq ma’lum emas, bu 
operatsiyadan oldingi diagnostikaning qiyinligi bilan tushuntiriladi. 
Patologoanatomik ma’lumotlarga ko’ra, qorin arteriyasi zararlanishi
20-45%, yuqori ichak tutqich arteriyasining zararlanishi o’rta hisobda
30% hollarda kuzatiladi. Angiografik tekshirishda vistseral arteriyalar 
zararlanishi ham turlicha aniqlanadi va 4 dan 54% gacha hollar o’rtasida 
bo’ladi. 
Surunkali abdominal ishemiya sindromi turli sabablardan kelib 
chiqishi mumkin. Bu sabablar ikkita asosiy guruhga bo’linadi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin