Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

Muz yotqiziqlari - 
SHimoliy Evropa qismi va g‘arbiy Sibirda keng tarqalgan, bu jinslar 
qalin muzlik ta’sirida nurash mahsulini ko‘plab keltirilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu 
yotqiziqlar to‘planish xaraktyeriga ko‘ra morena, flyuviagatsial va muzlik ko‘l yotqiziqlariga
bo‘linadi. O‘rta Osiyoda muz yotqiziqlari uncha ko‘p emas. Baland va o‘rta tog‘li hududlarda 
uchraydi. 
Eol yotqiziqlari -
quruq iqlimli cho‘l zonalarida turli tezlikda esadigan shamol ta’sirida 
turli shakllarda to‘plangan nurash maxsulining yig‘indisiga eol (shamol) yotqiziqlari deyiladi.
Eol yotqiziqlarining minyeralogik tarkibi asosan kvars mayda qumdan tashkil topgan bo‘ladi. 
Bu yotqiziqlar O‘rta Osiyo Qoraqum, Qizilqum, Mo‘yinkum singari saxrolarda ko‘p 
maydonlarni egallaydi. Orol bo‘yi va Farg‘ona vodiysida ham uchrab turadi.
Less yotqiziqlari - 
Lyoss “sog‘ tuproq” to‘rtlamchi davrda vujudga kelgan sarg‘ish va 
sariq tusli yumshoq va g‘ovak xoldagi syerkarbonat tog‘ jinslaridir. Lyos yotqiziqlari quyidagi
xususiyatlariga ega:
1)
rangi och sariq, sariq tusli
2)
syerg‘ovak,
3)
syer karbonatli, asosan Sa va Md kationlari ko‘p bo‘ladi, 
4)
mexanikaviy tarkibida tosh, shag‘al yirik chang zarrachalari 56-60% to‘g‘ri keladi. 
5)
lyosslar yorilganda tikkasiga yorilishi xususiyatiga ega.
O‘zbekiston fanlar akademiyasining xaqiqiy a’zosi to‘rtlamchi davr yotqiziqlari bilan 
ko‘p izlanishlar olib borgan professor g‘.Mavlonov O‘rta Osiyodagi mayin tuproqlar ona jinsini 
lyoss va lyossimon jinslarga ajratdi.


13
Less va lyossimon jinslarda tabiiy unumdorligi yuqori bo‘lgan bo‘z tuproqlar, qora, 
kashtan tuproqlar hosil bo‘ladi. 
O‘rta Osiyodagi to‘rtlamchi davr jinslari orasida agroirrigatsion yotqiziqlari alohida o‘rin 
tutadi. Bu jinslarning hosil bo‘lishi sug‘orib, dexqonchilik qilinadigan sharoitda insonlar 
faoliyati bilan bevosita bog‘liq.
Ba’zan bu yotqiziqlar 2-3 m gacha boradi. (Xorazm, Farg‘ona va Zarafshon).
Tuproq tarkibidagi minyerallar va kimyoviy moddalarni hosil qilishda magmatik,
metomorfik va cho‘kindi tog‘ jinslarning roli benihoya katta. 
Ko‘pchilik kimyoviy elementlarni tabiatda sof holda uchratish qiyin, ba’zan uchramasligi 
ham mumkin. Kimyoviy elementlar ko‘pincha har hil birikmalar holida bo‘ladi. Bu hildagi 
moddalar va grafit singari sof elementlar minyeral jins deyiladi. Yerning qattiq qobig‘i 
(litosfyera) har xil minyeral jinslardan iborat. 
Minyeral jinslar kalsit va kvars singari qattiq, neft va suv singari suyuq hamda korbanat 
angidrid singari gaz holda bo‘ladi. Ular turli jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi. Ularning 
geokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lsa anorganik, biokimyoviy jarayonlar natijasida 
paydo bo‘lsa organik minyeral jismlar yoki biolitlar deyiladi. Litosfyera tarkibida anorganik 
minyeral jismlar miqdori organik minyeral jismlarga nisbatan ko‘p. 
Litosfyeraning tarkibida uchraydigan, ma’lum fizik xossalarga va kimyoviy tarkibga ega 
bo‘lgan tabiiy jismlarga m i n e r a l l a r deb ataladi. Ular kimyoviy tarkibi va fizik xossalari 
jihatidan bir biridan farq qiladi. Masalan, ortoklaz (K
2
Al
2
Si
6
O
6
), kalsit (CaCO
3
) va kvars 
(SiO
2
)ning har qaysisi alohida minyeral hisoblanadi.
Minyerallar tabiiy jism hisoblanadi. SHuning uchun sun’iy ravishda sintezlash yo‘li bilan 
olingan sof holdagi jismlar minyeral bo‘la olmaydi. Masalan, chili selitrasi (NaNO
3
) tabiiy 
sharoitda bir qancha geokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgani uchun uni minyeral 
deyiladi; ammo sun’iy ravishda sintezlash yo‘li bilan olingan ammiakli selitra (NH
4
NO
3

minyeral emas. 
 
Tabiiy minyerallar ko‘pincha alohida uchramay, balki bir necha minyerallar bilan 
birlashib tog‘ jinsini hosil qiladi. Litosfyeraning ma’lum qismida ko‘p joyni egallagan bir yoki 
bir qancha minyeral to‘plamidan (agregatidan) iborat tabiiy jismlarga 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin