2
Ushbu ma’ruza matni to’plamida tuproqshunoslik va o‘simlikshunoslik
fanlarining
predmeti, maqsad-vazifalari va rivojlanish tarixi, tuproq hosil bo‘lish jarayoni, tuproq mineral
qismining kelib chiqishi, turpoq paydo qiluvchi jinslarning mineralogik va granulometrik
tarkibi hamda tasnifi, tuproq hosil qiluvchi omillar hamda
tuproqlarni muhofaza qilish, asosiy
qishloq xo‘jalik ekinlarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, kelib chiqishi,
tarqalishi va
hosildorligi, botanik va biologik tavsifi, ularning asosiy turlari, navlari va agrotexnikasi kabi
asosiy bo‘limlari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan bo‘lib, u oliy o‘quv
yurtlarining
“Tuproqshunoslik”, “Biologiya” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun
mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar:
prof. G.M.Satipov., dots. Z.R.Tajiyev.
Taqrizchilar: UrDU “biologiya” kafedrasi
professori Bekchanov X.U.
UrDU “biologiya” kafedrasi
dotsent Yakubov G’.Q.
Ma’ruza matni to’plami Urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakultetining
o’quv-metodik kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqqa tavsiya etilgan.
3
S o ’ z b o s h i
O‘zbekistonimiz mustaqillikka
erishgandan keyin, halqimiz farovon yashashi uchun
Respublika iqtisodini ko‘tarishda asosiy tayanchlardan biri bo‘lgan qishloq ho‘jaligini
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublika xalq xo‘jaligining yaqin kelajakda barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asosiy
yo‘nalishlardan biri qishloq xo‘jaligidir. Hozirgi davrda ishlab chiqariladigan yalpi
mahsulotning 90% dan ortig‘i agrar soha tarmoqlari hisobiga shakllanadi. Er qishloq
xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lsa, tuproq uning eng muhim tabiiy resursi, halq
hayoti, faoliyati va farovonligini ifodolovchi omil hisoblanadi.
SHu bois mavjud er fondini
asrash, tuproq sifatini yaxshilash, unumdorligini muntazam ravishda qayta tiklash va oshirish
davlat tomonidan nazorat qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining mamlakat milliy iqtisodiyotidagi o‘rni juda muhim.
Mamlakat aholisining 63 % qishloqda yashaydi. Mehnatga yaroqli aholi bandligining 35%
qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy salohiyatini belgilaydigan yo‘nalish qishloq
xo‘jaligi va yer osti boyliklaridan iboratdir. Qishloq xo‘jaligida barcha etishtiriladigan madaniy
ekinlar turli xil tuproqlarda o‘stiriladi. Ulardan yuqori va sifatli
hosil olish bevosita tuproq
xossalariga, uning unumdorligiga bog‘liq. SHu boisdan tuproqshunoslik va o‘simlikshunoslik
asoslari fani asosiy umumkasbiy fanlaridan hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimida
asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.
Respublikamizda agrar sanoat juda rivojlangan bo‘lib, tabiiy sharoitlar, iqlim, tuproq va
suv manbalari qishloq xo‘jalik ekinlari paxtachilik, bog‘dorchilik
va poliz sabzovot
mahsulotlaridan yuqori hosil olish imkoniyatiga egadir. Respublikamizda haydalma yerlar 4
mln 800 ming gektarni, bundan sug‘oriladigan yerlar 4 mln 200 ming gektarni tashkil qiladi.
Hozirgi kunda sir emaski, shu intensiv sug‘orilib ekin ekilishidan, dehqonchilikning ko‘p
yillar mobaynida qo‘llanishidan yerlarimizning 60-70 foizi sho‘rlangan, yuvilgan, eroziyaga
uchragan yerlarga aylangan yoki turli kimyoviy mineral moddalarning surunkasiga ishlatilishi
natijasida tuproqlarning ekologik holati yomonlashgan.
Davlatimiz har bir sessiya va majlislarida bu narsalarga e’tibor
berganlar shu
muammolarni hal qilish maqsadida Yer kodeksi va kadastrini ishlab chiqish uchun bir qator
qonunlarni qabul qildilar.