Tuproqqoplamining bioenyergetik vazifasi. Tuproqlarda o‘simliklar har yili yerda
taxminan n·10
17
kkal.miqdorda kimyoviy aktiv enyergiya to‘playdi. CHirindi va organik
qoldiqlarda to‘planadigan bu enyergiya tuproqdagi turli organizmlarning yashash faoliyati va
tuproq paydo bo‘lishidagi kechadigan jarayonlarni borishi uchun sarflanadi. 1 gr. tuproq
biomassasi oksidlanganda 2-3 kkal issiqlik enyergiyasi ajraladi.
Tuproq resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish, ilmiy asoslanmagan yondoshuv ta’sirida uni
turli kasalliklarga duchor qiladi, natijada unumdorlik pasayadi va bioqatlamdagi muvozanat
buziladi. Dehqonchilik madaniyatini ko‘tarish, tuproqqoplamining bioenyergetik vazifasidan
to‘g‘ri foydalanish imkonini byeradi.
3.
Tuproqqoplamining azot oqsilito‘plash vazifasi. Tuproq ekologik sistema hisoblanib,
atmosfyeradagi molekulyar azotni to‘plash hamda ularni aminokislotalar va oqsillarga
aylantirish xossasiga ega. Har yili yer yuzasi quruqlik qismi tuproqlarida 140 mln. tonna
azotning biologik fiksatsiyalanishi kuzatiladi.
4. Tuproq qoplamining biokimyoviy vazifasi. Tuproqdagi kimyoviy elementlar yalpi va
harakatchan shaklda bo‘lib, harakatchan turlari o‘simliklar tomonidan ildizlari orqali
tuproqning pastki qatlamida S, N, N, O, P, Ca, S, K, Mg, Al, Si, Zn va boshqa kimyoviy
elementlarni o‘zlashtiriladi. Element tarkibi tuproq hosil bo‘lish jarayonining eng muhim
tomonlarini ifodalaydi. Elementlarning tarkibiga ko‘ra tuproq genetik qatlamlaridagi farqlar
aniqlanadi. Masalan, chirindi to‘planadigan akkumulyasiya qatlamida uglyerod, fosfor, azot
elementlarining ko‘plitgi bilan farqlanadi. Illyuvial qatlamlarda temir, alyuminiy va boshqa
elementlar to‘planadi.
5.
Tuproqqoplamining gidrologik vazifasi. Tuproqda
atmosfyera
yog‘inlaridan
to‘planadigan bug‘simon suvlar kondensatsiyalanib quyuqlashishi natijasida yerkin suvga
aylanadi. Hosil bo‘lgan bu suvlar tuproqning pastki qatlamlariga sizib o‘tadi va sizot suvlarini
hosil qiladi. Sizot suvlarining yer yuzasiga yaqinligi, chuqurligi qanday bo‘lishiga qarab
avtomorf, gidromorf tuproqlarni hosil qiladi. Tuproq paydo bo‘lish jarayonida suv asosiy
omillardan hisoblanadi. YOg‘in-sochin suvlari va sizot suvlarning harakati har xil
geomorfologik zonalarda turlicha bo‘lib, ularning tuproq hosil bo‘lishidagi ta’siri ham har
xildadir.
6