Materialshunoslik



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/130
tarix13.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#143096
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130
Jo\'rayev

Nazorat savollari: 
1. Mеtаllаrni kаvshаrlаsh deganda nimalarni tushunasiz 
2. Turli mаtеriаllаrni pаyvаndlаshning o’zigа xоs xususiyatlаrini sanab 
bering 
3. Rаngli mеtаll vа ulаrning qоtishmаlаrini pаyvаndlаsh deganda 
nimani tushunasiz 
4. Pаyvаnd chоklаrining аsоsiy nuqsоnlаri vа pаyvаndlаngаn 
kоnstruksiya lаrni nаzоrаt qilish mеtоdlаriga izoh bering. 
 
19-MAVZU: METALLARGA MEXANIK ISHLOV 
BERISH TO’G’RISIDA MA’LUMOT
 
 
Tayanch so’zlar: metal, mashinasozlik, detallar, aniqlik, quyim, 
yuza tekisligi, fizik asos, o’tqazishlar, stanoklar, provkalar, 
parmalash, zenkerlash, razvyortkalash, zagatovka qo’yimlari,
elektroerrezion, elektroximyaviy, ultratovush, kesish asboblari, ishlab 
chiqarish .
19.1. Umumiy ma’lumot 
Mashina detallari tayyorlashda zagatovka qo’yimini keskichlar 
yordamida qirindi tarzida yo’nish bilan uni chizma talabiga o’tkazish 
jarayoni kesib ishlash deyiladi.
Materiallarni kesib ishlash usullari odamlarga juda qadimdan 
ma’lum. XII asrdayoq rus hunarmandlari qurol-aslaha ishlab 
chiqarishda qo’l bilan ishlatiladigan parmalash, tokarlik va boshqa xil 


153 
dastgohlardan foydalanganlar. Shu davrdan boshlab materiallarni 
kesib ishlash jarayoni o’rganila boshlandi. Bu borada rus olimlaridan 
I.A. Timening ishlari alohida o’rin tutadi.
 
19.1-rasm. Metallarga ishlov berish jarayoni. 
Mamlakatimizda materiallarni kesib ishlash usullarining ildam 
qadamlar bilan rivojlanishi industrlashtirish yillariga to’g’ri keladi. Bu 
borada sovet olimlari va boshqalarning xizmatlari katta.
Hozirda mashinasozlik zavodlaridagi stanoklar parki ilg’or 
texnologiya bo’yicha tuzilgan programma asosida boshqariladigan, 
yarim avtomatik va avtomatik ishlaydigan turli xil stanoklar bilan 
jihozlangan.
Kesish jarayonidagi elektrofizik, fizik-ximyaviy va mexanik 
jarayonlarni o’rganish natijasida elektroerrezion, elektroximyaviy, 
ultratovush yoradmida va boshqa ishlov berish usullari yaratildi va 
natijada juda qattiq materiallarni tegishli darajada ishlashga erishildi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin