155
stanogida ishlayotganda zagatovkadan qirindi yo’nish uchun uning
aylanma harakati bilan keskichning ilgarilama harakati birga kechishi
kerak.
Qirindining ajralishini ta’minlovchi bu harakat asosiy harakat
deyiladi. Bunda zagatovkaning aylanma harakati bosh harakat bo’lib,
keskichning ilgarilama harakati surish harakati bo’ladi.
19.5. Fizik asosi
Ma’lumki, kesib ishlashda keskich zagatovkaga botirilganda
uning old qismidagi metal avval elastik, keyin plastik deformasiyaga
berila boradi. Bunda metal donlari ma’lum tekislik bo’yicha siljiydi,
buriladi va maydalamib, puxtalanib boradi va natijada zagatovkaning
keskichga ko’rsatayotgan qarshiligi orta boradi, Demak, qirindi
ajralishi uchun keskichga berialadigan kuch zagatovka qarshiligini
yengishi kerak. Bunda qirindi keskichni kesish yuzasi bilan burchak
hosil qiluvchi tekisligi bo’yicha ajrala boradi. Bu tekislik qirindi
ajralish tekisligi deyiladi.
Qirindi ajralish burchagi zagatovka va keskich materialiga,
uning geometriyasiga va boshqa ko’rsatkichlarga ko’ra 145-155
gradus bo’ladi.
Nazorat savollari:
1. Kesib ishlash usullarining mashinasozlikda tutgan o‘rni.
2. Detallar aniqligi, quyim, yuza tekisligi va o‘tqazishlar sistemasi
haqida nimalarni bilasiz.
3. Materiallarni kesib ishlash usullariga misollar keltiring
Dostları ilə paylaş: