Materialshunoslik


 Materiallarni kesib ishlash usullari



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/130
tarix13.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#143096
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   130
Jo\'rayev

19.4. Materiallarni kesib ishlash usullari 
Konstruksion materiallarni stanoklarda keskichlar bilan kesib 
ishlashda keskich zagatovkaga botib, unga nisbatan ilgarilama 
harakatlanayotganda ma’lum qalinlikdagi metal qatlamini qirindi 
tarzida yo’nadi.
 
19.2-rasm. Metallarga kesib gul tashlash. 
Kesib ishlash usullari xilma-xil bo’lib, ular asosan yo’nish, 
randalash, parmalash, frezlalash, jilvirlash xillariga bo’linadi. Tokarlik 


155 
stanogida ishlayotganda zagatovkadan qirindi yo’nish uchun uning 
aylanma harakati bilan keskichning ilgarilama harakati birga kechishi 
kerak.
Qirindining ajralishini ta’minlovchi bu harakat asosiy harakat 
deyiladi. Bunda zagatovkaning aylanma harakati bosh harakat bo’lib, 
keskichning ilgarilama harakati surish harakati bo’ladi.
19.5. Fizik asosi 
Ma’lumki, kesib ishlashda keskich zagatovkaga botirilganda 
uning old qismidagi metal avval elastik, keyin plastik deformasiyaga 
berila boradi. Bunda metal donlari ma’lum tekislik bo’yicha siljiydi
buriladi va maydalamib, puxtalanib boradi va natijada zagatovkaning 
keskichga ko’rsatayotgan qarshiligi orta boradi, Demak, qirindi 
ajralishi uchun keskichga berialadigan kuch zagatovka qarshiligini 
yengishi kerak. Bunda qirindi keskichni kesish yuzasi bilan burchak 
hosil qiluvchi tekisligi bo’yicha ajrala boradi. Bu tekislik qirindi 
ajralish tekisligi deyiladi. 
Qirindi ajralish burchagi zagatovka va keskich materialiga, 
uning geometriyasiga va boshqa ko’rsatkichlarga ko’ra 145-155 
gradus bo’ladi.
Nazorat savollari: 
1. Kesib ishlash usullarining mashinasozlikda tutgan o‘rni. 
2. Detallar aniqligi, quyim, yuza tekisligi va o‘tqazishlar sistemasi 
haqida nimalarni bilasiz. 
3. Materiallarni kesib ishlash usullariga misollar keltiring 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin