“tasdiqlayman” “O'zbekiston temir yo’llari” aj osfy menejep tosp muhandisi


Uglekislotali o't-o'chirgichlar, ularning hususiyati va ishlatish yo'nalishi?



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/33
tarix14.09.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#143381
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
95c89d9b3b09d9c21b6e0957be38abdb

Uglekislotali o't-o'chirgichlar, ularning hususiyati va ishlatish yo'nalishi?
Uglekislotali o't-o'chirgichlar havosiz yonmaydigan har xil moddalar, 1000 V 
ostidagi elektr uskunalari yonganda o'chirish uchun mo'ljallangan. Uglekislotali o't- 
o'chirgichlar havosiz yonishi mumkin bo'lgan moddalami (magniy, alyuminiy va 
boshqalar) o'chirish uchun mo'ljallanmagan, (OU-2,3,5,8,25). Ishlash printsipi ortiqcha 
bosim ostida ikki oksidli uglerodni siqib chiqarishiga asoslangan. Qulflash va ishga 
tushirish mexanizmi ochilishi bilan uglekislotali gaz naycha orqali rastrubga kelib, 
suyuqlik holatidan qattiq holatga -qor shakliga aylanadi. Temperatura -50 S dan -70 S ga 
qadar pasayadi. Uglekislota moddaga tegib kisloroddan izolyatsiyalaydi. Tarkibiga 
kislorod kirgan metal ishqorlari, metal va birikmalar gidridlarini o'chirishga 
mo'ljallanmagan. Uglekislota bilan muzlatib qo'ymaslik uchun odam ustida yonayotgan
20


ust-boshni o'chirish va metal rastrubga teginish mumkin emas.
Yong’in xavfsizligining asosiy talablari?
Yong'inni oldini olishning asosiy choralari barcha xodimlar tomonidan yong'in 
xavfsizligi talablariga rioya etilishi, yong'in xavfsizligi qoidalarini ishlab chiqilishi va 
ulaming bajarilishini nazorati, yangi qurilishi loyihalarida yong'in xavfsizligi talablarini 
bajarilishi, maxsus belgilangan joylarda olovga bardosh materiallami ishlatish
ob'ektlami etarli miqdorda yong'in-texnik uskunalar, anjomlar va birlamchi o't-o'chirish 
vositalari bilan jihozlash, yong’in xavfi mavjud moddalar, materiallar, yonuvchan 
suyuqliklar, yong'in xavfsizligi devorlari va evakuatsiya yo'llari uskunalarini saqlanishi, 
kimyoviy moddalaming yong'in xavfliligi bo'yicha xossalarini bilish va boshqalar kiradi.
“Yong'in xavfi” signaling kontakt tarmog'i yaqinida yong'inni o'chirish qoidalari
aytib bering?
“Yong'in xavfi” signali bitta uzun va ikkita qisqa tovushlar orqali guruhiy beriladi. 
Signal zarur hollarda barcha temiryo'lchi xodimi tomonidan beriladi. Kontakt tarmog'i 
yonida yong'in sodir bo'lganda bu haqda darhol poezdlar dispetcheriga yoki elektr 
ta'minot masofasi xodimlariga va o't-o'chirish tashkilotiga xabar beriladi. Kontakt 
tarmog'idan 2 metrga yaqin bo'lgan yonayotgan jismlami uglekislotali, uglekislota-brom- 
etilli, aerozolli va kukunli o't-o'chirgichlar yordamida kontakt tarmog'i simlariga va 
yuqori kuchlanishdagi liniyalarga 2 metrga yaqinlashmagan holda o'chirishga mxsat 
beriladi. Yonayotgan jismlami suv, kimyoviy, ko'pikli yoki havo-ko'pikli o't-o'chirgichlar 
bilan o'chirish, faqat kontakt tarmog'idan kuchlanish o'chirilib, uning erga ulanganligidan 
keyin amalga oshirilsin. Kontakt tarmog'idan va yuqori kuchlanishdagi liniyadan 7 metr 
uzoqlikda yonayotgan jismlami kuchlanish uzilmasdan barcha o't-o'chirgichlar 
yordamida, suv yoki ko'pik oqimi kontakt tarmog'iga 2 metr yaqinlashmagan holda
amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin