“TASDIQLAYMAN”
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ
osfy menejep^tosp muhandisi
X.N.Xasilov
2017 yil
Mehnat muhofazasi, elektr xavfsizligi, yong'in xavfsizligi va sanoat xavfsizligi
bo'yicha
O’QITISh DASTURI
Mehnat muhofazasi
Mehnat muhofazasi tushunchasi?
Mehnat muhofazasi - mehnat jarayonida
insonning xavfsizligini, hayoti va
sog'lig'ini, ish qobiliyatini saqlanishini ta'minlashga doir huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy,
tashkiliy,
texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari
hamda vositalari tizimi.
Yuqori tezlikdagi poezdlarni o'tkazib yuborishda ish boshlashdan oldin va ish
jarayonidagi mehnat muhofazasi talablari?
Yuqori tezlikdagi va tezyurar liniyada ishni boshlashdan oldin ishlami
tashkillashtirishni amalga oshiruvchi ishlab chiqarish bo'linmasi rahbari ish
boshqaruvchlariga rejalashtirilayotgan uchastkada poezdlar harakatining grafigidan
aniqlashtirilgan ko'chirmasini berishi shart. Ish boshqaruvchilariga
beriladigan
ko'chirmalarning nushasi barcha signalistlami ta'minlashga etarli bo'lishi shart.
Tuzilmaviy bo'linma rahbari ish boshqaruvchilari bilan ish joyiga borish va kelishda,
hamda ishni amalga oshirishda tezyurar va yuqori tezlikdagi poezdlarini o'tkazish
jarayonida xavfsizlik choralari bo'yicha aniqlik kiritishi zarur. Ish boshqaruvchilari
ishchilarga maqsadli yo'l-yo'riq o'tkazib, ularga ishni amalga oshirishda aniq ish joyiga
mos xavfsizlik choralari bo'yicha etkazishi zarur. Ish
boshqaruvchilari lokomotiv
brigadalariga alohida e'tiborlik bo'yicha ogohlantirishlar berilishi yuzasidan talabnoma
berishi zarur.
Mehnat muhofazasi holati bo'yicha Davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini aytib
bering?
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari
quyidagilardan iborat: xodimning hayoti va sog'lig'i ustuvorligini ta'minlash; mehnatni
muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat
va xo'jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni
muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
barcha tashkilotlar uchun
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablami belgilash; mehnatni muhofaza qilishga
oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
xodimlami himoya
qiluvchi xavfsiz texnika, texnologiya va vositalaming ishlab
chiqilishi va joriy etilishini rag'batlantirish; fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni
muhofaza qilish bo'yicha ilg'or milliy va xorijiy tajribadan foydalanish;
ishlab
l