“tasdiqlayman” “O'zbekiston temir yo’llari” aj osfy menejep tosp muhandisi


Elektr xo'jaligi bo'yicha javobgar shaxsning elektr xavfsizligi bo'yicha .qanday



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/33
tarix14.09.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#143381
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
95c89d9b3b09d9c21b6e0957be38abdb

Elektr xo'jaligi bo'yicha javobgar shaxsning elektr xavfsizligi bo'yicha .qanday
malaka guruhiga bo'lishi kerak?
Elektr xo'jaligiga javobgar shaxs 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalariga 
xizmat ko'rsatishda elektr xavfsizligi bo'yicha V malaka guruhiga va 1000 V 
kuchlanishdan pastiga IV malaka guruhiga ega bo'lishi shart.
“Qadam kuchlanishi” nima degani?
Odamning oyoqlari ostidagi tokning taralishi sababli er yuzidagi potentsialar farqi 
“qadam kuchlanishi” deb ataladi. Qadam kuchlanishining katta-kichikligi erga 
tutashuvchi joydan qadamning kengligi va “x” masofaga bog'liq. Tutashuv joyidan 
uzoqlashgan sari qadam kuchlanishi xavfi kamayadi. Qadam kuchlanishidan 
himoyalanishning asosiy vositalari etib potentsiallami tenglashtirish hisoblanadi. 
Qoidaga asosan potentsiallar konturli erlagichlami o'matish orqali tenglashtiriladi. 
Konturli erlashda erlagichlar erlanadigan asbob-uskuna joylashgan maydonning konturi 
(perimetri) atrofida hamda ichki himoya zonasida o'matiladi, yoki butun maydon atrofida
10


tarqatiladi. Yerga qadalgan vertikal erlagichlar (quvur, burchaklar) himoyalanuvchi 
ob'ekt chegarasida uzun po'lat metall parchalari(plastika) bilan bog'lanadi.
Odamlarning elektr tokidan jarohatlanishining oldini olishga qaratilgan xavfsizlik
talablari?
Odamning elektr tokidan zararlanishni ogohlantirish choralarining asosiylari etib 
bir qancha tashkiliy va texnik tadbirlami so'zsiz bajarish hisoblanadi. Tashkiliylarga 
o'chirishni amalga oshirish kiradi. Texnik choralarga o'chirishlami amalga oshirish
ogohlantiruvchi plakatlami osish va ish joyini to'siqlash, kuchlanish yo'qligini tekshirish, 
erlagichlami o'matish kiradi.
Insonlarni elektr tokidan jarohatlanish xavfiga qarab ishlab chiqarish xonalarini
bo'linishi?
Ishlab chiqarish xonalari insonlarni elektr tokidan jarohatlanish xavfiga qarab 
yuqori xavfli, o'ta xavfli va yuqori xavfi bo'lmagan xonalarga bo'linadi. O'ta xavfli 
xonalar yuqori namlikga (100%ga yaqin) yoki kimyoviy faol muhitga ega bo'ladi. 
Bunday xonalarga shimdiriladigan, galvanik, gazogeneratorli bo'limlar, dush, kir yuvish 
va boshqalar kiradi. Namlik uzoq muddat davomida 75% yoki havoning issiqlik darajasi 
uzoq muddat davomida +30S, yoki tok o'tkazuvchan pollar, yoki tok o'tkazuvchan 
changlar, bir paytning o'zida odamning bir tomondan binolar metal konstruktsiyalarining, 
texnologik apparatlarning, mexanizmlaming erga ulanishlariga va boshqa tomondan 
elektr uskunalarining metal korpuslariga tegib ketish ehtimolligi mavjud xonalar “yuqori 
xavfli” xonalar hisoblanadi. Bunday xonalarga temirchilik, mexanik, duradgorlik, 
isitilmaydigan omborxonalar va boshqalar kiradi. Yuqori xavfi bo'lmagan xonalarga 
birinchi ikkita kategoriyada sanab o'tilgan omillar mavjud bo'lmagan xonalar kiradi. Bu 
idoralar, maishiy va isitiladigan omborxonalar kiradi.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin