Taqsimlash qurilmasi (RU) dan uzoqlashadi.Brigadaning birorta a'zosi ham dam olishdan
keyin ishni amalga oshiruvchi (nazoratchi) yo'qligida ochiq yoki yopiq Taqsimlash
qurilmasi (RU) ga kirishga haqqi yo'q. Dam olish tugagandan
keyin ishchilarga ishni
qaytadan amalga oshirishga ruhsat beradi. Ishlar tugagandan keyin brigada ish joyini
tartibga
keltiradi, ishni amalga oshiruvchi tomondan uskunani ko'rib chiqib, brigadani
olib chiqgandan so'ng, rahbar naryadda uning tugaganligi to'g'risida imzolaydi.
Himoyaviy erga ulash qaerda qo'llaniladi?
Himoyaviy erga ulash - elektr qurilmalaming tok o'tkazmaydigan metal qismlarini
erlagichlar yordamida erga ataylab elektr ulanishiga aytiladi. Himoya erlagichi 1000 V
kuchlanishdagi izolyatsiyalangan neytralli elektr tarmoqlaridan va kuchlanishi 1000 V
dan yuqori har kanday rejimdagi neytral energiya manbaidan to'yinadigan
elektr
qurilmalarida ishlatiladi. Fazaning qobiqga tutashuvida tok ikki parallel yo'nalishda
(qobiq-er, inson-er) bo'ylab o'tadi va ulaming orasidagi qarshiliklarga teskari
proportsional ravishda taqsimlanadi. Inson-er zanjirining
qarshiligi tana zanjiri
qarshiligiga karaganda ko'prok bo'lganligi sababli, inson tanasidan o'tadigan oqim
miqdori sezilarli darajada kamayadi.
Kim, qachon va qanday muddatda ko'chiriluvchi elektr uskunalarni sozligini
tekshiradi?
Elektr asbobining seriyali raqami bo'lishi va IV darajadan past bo'lmagan malaka
guruhiga ega bo'lgan xodim tomonidan oyda kamida bir
marta megommetr yordamida
tekshirilishi kerak. Bunda qobiqga tutashuvning yo'qligi, erlagich simini uzilish
izolyatsiyasini sozligi tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: