O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


 Budjet hisobi va nazorati faoliyatini tashkil etish asoslari



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix14.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#143390
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
 
1. Budjet hisobi va nazorati faoliyatini tashkil etish asoslari 
Amaliyot davrida talaba quyidagilarni bajarishi kerak: 
-Budjet hisobi va nazoratining amalda qo’llanilishi bilan tanishish; 
-Budjet tashkilotlari (jumladan, Moliya vazirligi G’aznachiligi) tizimi bilan 
tanishish; 
- Budjet tashkilotlarining tashkiliy tuzilishi, bo’limlarining asosiy faoliyatlari 
bilan tanishish; 
- Budjet tashkilotlarida hisob va nazorat amaliyoti bo’limi faoliyati bilan 
yaqindan tanishish; 
 
2.
Budjet hisobi va nazoratining me’yoriy- huquqiy asoslari 
Amaliyot davrida talaba quyidagilarni bajarishi kerak: 
-
O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining Budjet tizimini tartibga 
solish tavsiflari bilan tanishish; 
-
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat moliyasini 
boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, “Davlat Budjetining g’azna ijrosi tizimini yanada 
rivojlantirish 
chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining Qarori (2007 yil 28 fevral, PQ-594-son) bilan tanishish; 
-
“Budjet tashkilotlarida buxgaltriya hisobini yuritish tartibi” bilan tanishish; 
-
Budjet hisobi va nazoratining mazmuni bilan tanishish;
-
Davlat Budjetining ijrosi va nazorati boyicha boshqa amaldagi me’yoriy- 
huquqiy qonun hujjatlarining mazmuni bilan tanishish;
 
 
 
3. Budjet tizimida moliyaviy majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga 
oshirish nazorati amaliyoti tahlili 
Ishlab chiqarish amaliyot davrida talaba quyidagilarni bajarishi kerak: 
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son “Davlat Budjeti g’azna ijrosi 
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori va O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-son “O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash 
haqida”gi qaroriga muvofiq Yagona g’azna hisobvarag’ini qo’llash orqali 
O’zbekiston Respublikasining Budjet tizimi Budjetlari, shuningdek, boshqa 
maqsadli jamg’armalar Budjetlarining daromad va xarajatlarining gazna ijrosini 
amalga oshirish tartibi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016 yil 22 
dekabrda 2850-son raqami bilan ro’yhatdan o’tgan “O’zbekiston Respublikasi 
Budjet tizimi Budjetlarining g’azna ijrosi qoidalari” asosida g’aznachilik 
organlarida xarajatlar smetalari va ularga kiritilgan o’zgarishlarni ro’yhatga olish 


14 
tartibi. 1- va 2- guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlarni ro’yhatdan 
o’tkazish va hisobga olish tartibi. 3-guruh xarajatlari bo’yicha yuridik 
majburiyatlarni ro’yhatdan o’tkazish va hisobga olish tartibi. 4- guruh xarajatlari 
bo’yicha yuridik majburiyatlarni ro’yhatdan o’tkazish va hisobga olish nazorati 
tartibi. Budjet tashkilotlari Budjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha yuridik 
majburiyatlarni hisobga olish tartibi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import 
qilish bo’yicha shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish. 
Buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) 
bilan shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazishda va hisobga olishda narx yechimi 
hamda narxlar monitoringini amalga oshirish nazorati tartibi. 
Ushbu mavzu bo’yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobotiga quyidagi 
hujjatlar ilova qilinadi: 
1.
 
G’aznachilik organi va uning hududiy bo’limlarining hisobotlari, ular 
asosida tahliliy jadvallar; 
2.
 
So’nggi 3 yildagi tuman (viloyat) mahalliy Budjetining rejasi va ijrosi 
to’g’risidagi statistik ma’lumotlar; 
3.
 
Yuridik majburiyatlar shakllanishida talab etiladigan hujjatlar va 
ma’lumotnomalar; 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin