Kuznеts sikli ko‗p hollarda «qurilish sikli‘ dеb ham nomlanib, 20
yilgacha bo‗lgan iqtisodiy tеbranishlar bilan aniqlanadi. Saymon
Kuznеts o‗zining «Milliy daromad‘ (1946 y.) nomli kitobida milliy
daromad, istе‘mol sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar
hamda bino va inshootlarga yalpi invеstitsiyalar ko‗rsatkichlarida 20
yillik o‗zaro bog‗liq tеbranishlar mavjud bo‗lishini ko‗rsatib bеrgan.
1955 yilda amеrikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida
sanoat siklini Kuznеts sikli dеb nomlashga qaror qilinadi.
Kondratеv sikli «uzoq to‗lqinlar‘ sikli dеb ham ataladi.
sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratеv
katta hissa qo‗shgan. Uning tadqiqoti Angliya, Frantsiya va AQSHning
100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab olgan. Bunda u iqtisodiy
o‗sishning ko‗p omilli tahlilini o‗tkazib, ya‘ni tovar narxlari kapital
uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi
35
makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarning o‗rtacha darajasini umumlashtirish
natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko‗rsatadi.
I-sikl: 1787-1814 yillar – ko‗taruvchi to‗lqin; 1814-1851 yillar –
pasaytiruvchi to‗lqin.
II-sikl: 1844-1851 yillar – ko‗taruvchi to‗lqin; 1870-1896 yillar –
pasaytiruvchi to‗lqin.
III-sikl: 1896-1920 yillar – ko‗taruvchi to‗lqin.
Kondratеv siklining davomiyligi o‗rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi
va uning asosiy xususiyati tеxnika taraqqiyoti hamda tarkibiy
o‗zgarishlarni o‗zida aks ettirishi hisoblanadi.
3.2. Mehnat bozori va ishsizlik Mehnat bozori umumiy iqtisodiy bozor mexanizmining etakchi
tarkibiy qismlaridan biri bo‗lib, talab va taklif qonunchiligiga muvofiq
mehnat
resurslarini
sohalar,
tarmoqlar,
hududlar,
kasblar,
mutaxassisliklar, malakalar bo‗yicha taqsimlash va qayta taqsimlashning
o‗ziga xos funksiyasini bajaradi.
Mehnat bozori - ma'lum bir mahsulot - ishchi kuchini sotish va
sotib olishga oid iqtisodiy munosabatlar majmui; mehnat ish haqi bilan
almashtiriladigan bozor.
Mehnat bozoridagi iqtisodiy munosabatlarning subyektlari, bir
tomondan, tadbirkorlar - yirik monopoliyalar, o‗rta va kichik
biznesmenlar, davlat, ikkinchidan - yakka tartibdagi ishchilar yoki
ularning uyushmalari (kasaba uyushmalari). Mehnat bozorida yuzaga
keladigan narxlar ish haqi stavkalari bo‗lib, ular mehnat qiymatining pul
shakli hisoblanadi.
Mehnat bozorining dinamikasi uning ikki elementi nisbatiga
bog‗liq:
a) ishchi kuchiga bo‗lgan bozor talabidan;
b) ishchi kuchining bozor taklifidan.
Mehnat bozorining birinchi elementi - bu butun mamlakat
iqtisodiyotining mehnat resurslariga bo‗lgan talab hajmining ushbu
resurslar uchun har qanday narxda yig‗indisidir.
36
Mehnat bozorining ikkinchi elementi mamlakatdagi barcha
ishchilar sonini mehnat resurslari ta'minoti hajmining ular uchun har bir
narx bo‗yicha yig‗indisidir.
Bozorning ishchi kuchiga talabi va shu jumladan