37
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga
layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy
soni tushuniladi.
Ishchi kuchi - a)
insonning ish qobiliyati; b) inson hayoti uchun
zaruriy ne‘matlarni ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan jismoniy
va aqliy qobiliyatlari to‗plami; c) mamlakatdagi ishchilarning umumiy
soni; d) aholining bir qismi, shu jumladan ish bilan band bo‗lganlar, o‗z-
o‗zini ish bilan ta'minlaydiganlar va ish qidiruvchilar (ishsizlar).
Ishchi kuchiga bo‗lgan talab miqdorining
ishchi kuchi taklifi
miqdoridan kam bo‗lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar
– bu, ishchi kuchining bir qismi bo‗lib, ijtimoiy ishlab
chiqarishda band bo‗lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish
qidirayotgan aholidir.
Dostları ilə paylaş: