O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

 
4.1-chizma
Talab inflyatsiyasi 


48 
Chizmadan ko‗rinadiki, iqtisodiyotdagi pul hajmining ko‗payishi 
qisqa muddat ichida yalpi talabni AD
0
dan AD
1
ga siljishiga olib kеladi. 
Agar bu vaqtda iqtisodiyotning holati yalpi taklif egri chizig‗ining oraliq 
(2) yoki tik (klassik) (3) kеsmasiga mos kеlsa, bu narx darajasining 
o‗sishiga, ya‘ni talab inflyatsiyasining ro‗y bеrishiga olib kеladi.
Taklif inflyatsiyasi
bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar 
taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining 
oshishidan paydo bo‗ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo‗lmasa ham 
tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM 
ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Jami taklif 
qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning 
o‗sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg‗i 
narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Bu holatni ham chizma orqali ko‗rib chiqamiz (4.2-chizma). 
4.2-chizma
Taklif inflyatsiyasi 
 
Chizmadan ko‗rinadiki, xarajatlarning o‗sishi natijasida yalpi taklif 
egri chizig‗ining AS

dan AS
1
ga qisqarishi mahsulot birligiga to‗g‗ri 
kеluvchi xarajat miqdorini oshirib, narxlarning P

dan P
1
darajaga qadar 
ko‗tarilishiga, rеal ishlab chiqarish hajmining esa Y

dan Y

ga qadar 
qisqarishiga olib kеladi. 
 
Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif 
mexanizmining buzilishi ham ta‘sir qiladi. Taklif mexanizmi esa 


49 
tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining keskin 
ko‗payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi olimlarning fikriga ko‗ra, taklif 
inflyatsiyasi o‗z-o‗zini cheklaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi 
xarajatlarning qo‗shimcha o‗sishini cheklaydi, chunki ishsizlikning 
o‗sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab 
inflyatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar ko‗rish zarur 
bo‗ladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo‗lgan mamlakatlarda ishlab 
chiqarishning haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal 
hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir bo‗ladi. Daromadlarni ishlab 
chiqarish tomonidan ta‘minlanmagan o‗sishi aholi qo‗lidagi pulning 
taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi. 
Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir miqdordagi 
pulga joriy yilda o‗tgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib 
oladi, ya‘ni, uning real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda 
aholining nominal daromadlari 30% ga ko‗paygan, narxlar darajasi 50% 
ga oshgan bo‗lsa, unda aholining real daromadlari 20% ga kamaygan 
bo‗ladi. Chunki, narxlarning o‗sishi aholi pul daromadlarining 
o‗sishidan yuqori bo‗lgan (30% - 50%q- 20%).
Inflyatsiyani real daromadlar darajasiga ta‘siri u kutilayotgan yoki 
kutilmayotganiga ham bog‗liq. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin