5.3. Yalpi taklif grafigi va omillari Taklif hajmining mamlakatdagi o‗rtacha narx darajasiga bog‗liqligi
AS egri chizig‗i bilan ko‗rsatilgan.
Yalpi taklif deganda muayyan baholar darajasida ishlab
chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo‗lgan tovar va xizmatlarning
real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif tushunchasi ko‗pincha yalpi ichki
mahsulot sinonimi sifatida qo‗llaniladi. Baholarning yuqori darajasi
ishlab chiqaruvchilarga qo‗shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag‗bat
yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini
qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish
hajmi bilan baholar darajasi o‗rtasida to‗g‗ri aloqa mavjud. Demak,
mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o‗sib borishi bilan o‗sib,
pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig‗i alohida
tovar taklifi egri chizig‗idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki
keyns kesmasi, ko‗tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal
yoki klassik kesmadan iborat (5.2.- chizma). Bunday holat yalpi taklifni
tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda ko‗pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga
kiritib yuboriladi.
Yalpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning
haqiqiy hajmi uning potensial hajmidan, ya‘ni to‗liq bandlik sharoitida
erishishi mumkin bo‗lgan hajmidan kamdir. Demak bu kesma
iqtisodiyot pasayish bosqichida bo‗lgan va katta miqdordagi
resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko‗rsatadi. Foydalanilmayotgan
ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta‘sir ko‗rsatmagan holda ishga
tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi
baholar darajasi o‗zgarmay qolgan sharoitda ro‗y beradi.