O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


Moliyaviy  P↑ → aktivlarning↓ →



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

Moliyaviy 
P↑ → aktivlarning↓ → 

 C↓ (S↑ 

 → AD↓ 
real qiymati 
Import xaridlar samarasi
shuni bildiradiki, biror mamlakatda 
tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib 
borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab 
kamayadi va o‗z navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga 
bo‗lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi 
importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki YaIMga talab 


60 
oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali yalpi talab hajmiga 
ta‘sir ko‗rsatadi. 
P↑→

 X↓ (M↑ 

→Xn↓ →AD↓ 
Yuqorida ko‗rib o‗tilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb 
ataladi. Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bog‗liq bo‗lmagan 
omillari ham mavjud. Bu omillardagi o‗zgarishlar yalpi talabning 
miqdorida o‗z aksini topadi va uning egri chizig‗ini chapga yoki o‗ngga 
siljitadi (9-chizma). Yalpi talabning bahoga bog‗liq bo‗lmagan 
omillariga quyidagilarni kiritamiz: 
1. Iste‘mol xarajatlaridagi o‗zgarishlar: 
a) iste‘molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining o‗zgarishi;
b) iste‘molchilar kutishi; v) iste‘molchilarning qarzlari 
miqdorining o‗zgarishi;g) iste‘molchilar daromadlaridan olinadigan 
soliqlar miqdorining o‗zgarishi. 
2. Investitsiya xarajatlaridagi o‗zgarishlar: 
a) foiz stavkasidagi o‗zgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan 
foyda normasining o‗zgarishi; v) korxonalardan olinadigan soliqlar 
miqdorining o‗zgarishi; g) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga 
jalb qilinishi; d)zahiradagi quvvatlar o‗zgarishi. 
3. Davlat xarajatlarining o‗zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va 
yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda. 
4. Sof eksport hajmidagi o‗zgarishlar. 
a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o‗zgarishi. 
b) valyuta kurslaridagi o‗zgarishlar. 
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari 
yalpi talabning narxlarga bog‗liq bo‗lmagan yana ikki omilini beradi. 
Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. 
Yalpi talabning bahoga bog‗liq bo‗lmagan omillari ta‘sirida AD 
egri chizig‗i o‗ngga yoki chapga siljiydi. Natijada ma‘lum baho 
darajasiga mos keluvchi talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi 
o‗zgaradi. 
Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa 
davlatlar milliy daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma‘lum 
miqdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning pasayishiga 


61 
olib kelishi tufayli) oqibatida sof eksportning pasayishi va yalpi 
xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizig‗ining o‗ngga 
siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo‗lgan holatlarda AD egri 
chizig‗i chapga siljiydi. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin