O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

ΔS 
b = -------- 100
Δ Yd 
Demak, iste‘mol hajmi avtonom iste‘molga, tasarrufidagi daromad 
hajmiga va iste‘mol hajmining tasarrufidagi daromad o‗zgarishiga 
ta‘sirchanligiga bog‗liq.
Jamg‗arish grafigini ham iste‘mol grafigiga o‗xshab algebraik 
ifodalash mumkin, ya‘ni jamg‗arish funksiyasi quyidagi ko‗rinishga ega: 
S = -a + (1 -b) Yd 
Iste‘mol va jamg‗arish hajmiga tasarrufidagi daromad 
dinamikasidan tashqari quyidagi omillar, to‗g‗rirog‗i bu omillardagi 
o‗zgarishlar ham ta‘sir ko‗rsatadi: 
1. Uy xo‗jaliklari daromadlari. 
2. Uy xo‗jaliklarida to‗plangan mulk hajmi. 
3. Baholar darajasi. 
4. Iqtisodiy kutish. 
5. Iste‘molchilar qarzlari hajmi. 
6. Soliqqa tortish hajmi. 
Dastlabki besh omil ta‘sirida iste‘mol va jamg‗arish grafiklari 
o‗zaro teskari tomonga siljiydi. Bu besh omil ta‘sirida joriy tasarrufidagi 
daromad tarkibida iste‘mol va jamg‗arish ulushi nisbatlari o‗zgaradi. 
Soliqqa tortish darajasining o‗zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini 
o‗zgartirgani tufayli uning ta‘sirida iste‘mol va jamg‗arish grafiklari bir 
tomonga qarab siljiydi. Iste‘mol funksiyasini shuningdek aholining 
daromadlari hajmi va to‗plagan mulki ko‗lamiga ko‗ra tabaqalanishi 
darajasi hamda aholining soni va yoshiga ko‗ra tarkibiga ham 
bog‗liqligini ko‗rsatdi. 


73 
6.2. Iste‘mol va jamg‗arishga o‗rtacha hamda chegaralangan 
moyillik 
 
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste‘mol va jamg‗arish 
funksiyalarini yanada to‗laroq bilish uchun iste‘mol va jamg‗arishga 
o‗rtacha moyillik va chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini 
anglab olishimiz lozim. 
Iste‘molga o‗rtacha moyillik
deganda tasarrufidagi daromaddagi 
iste‘mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya‘ni: 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin