O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

Jamg‗arma (S)
- bu kechiktirilgan iste'mol yoki hozirgi vaqtda 
iste'mol qilinmaydigan daromadning bir qismidir. Jamg‗arma ham 
firmalar, ham uy xo‗jaliklari tomonidan amalga oshiriladi. Firmalar 
ishlab chiqarishni kengaytirish va foydani ko‗paytirish uchun tejashadi. 
Uy xo‗jaliklari bir necha sabablarga ko‗ra tejashadi: qarilikni ta'minlash, 
boylikni bolalarga o‗tkazish, ko‗chmas mulk va uzoq muddat 
foydalanishga mo‗ljallangan mollarni sotib olish uchun mablag‗ to‗plash 
va boshqa sabablar. 
Makroiqtisodiyot 
darajada 
iste'molchilar 
tanlovi 
iqtisodiy 
subyektlarning qarorlariga, ularning daromadlarini qanday tasarruf 
etishiga bog‗liq, ya‘ni bugungi kunda qancha mablag 'sarflash va kelajak 
uchun qancha mablag‗ to‗plash. 
Iste'molchilar tanlovi bo‗yicha barcha konsepsiyalarni ikki guruhga 
bo‗lish mumkin: 


70 
• daromad miqdori ekzogen parameter sifatida nomayon buladi (J. 
M. Keyns, F. Modigliani, M. Fridman modellari); 
• daromad miqdori endogen parameter sifatida nomayon buladi 
(neoklassik model). 
J.M.Keyns iste'mol qilish kontseptsiyasida mutlaq daromad 
gipotezasidan kelib chiqqan. U subyektlar o‗zlarining iste'mollarini 
hozirgi daromadlariga qarab shakllantirishlariga e'tibor qaratdi.Uy 
xo‗jaliklari tasarrufidagi daromadning iste‘mol qilinmasdan qolgan 
qismi ularning jamg‗armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari 
jamg‗arish hajmi foz stavkasining funksiyasi deb qarashsa, J.M. Keyns 
uy xo‗jaliklarining iste‘mol xarajatlari va jamg‗arishlari hajmini 
belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan 
olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste‘mol va 
jamg‗arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo‗jaliklarining ishlab 
topgan daromadlari, olgan transfert to‗lovlari va to‗lagan soliqlari bilan 
belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd 
) ko‗rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste‘mol va jamg‗armalar, 
milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funksiyasi sifatida ham 
tadqiq qilinadi. 
Iste‘mol va jamg‗arish o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik har xil 
daromadga ega bo‗lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega 
bo‗lganlar, odatda, uning ko‗proq qismini iste‘mol qilib, kamroq qismini 
jamg‗aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg‗arish 
foydasiga o‗sadi.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin