59
Demak, tovarlarning baho darajalari oshsa, iste‘molchilarga
xarid
qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak bo‗ladi. Ishbilarmonlar
uchun ham ish haqi va boshqa xarajatlarni to‗lashga katta miqdorda pul
zarur bo‗ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar
bahosi darajalarining
yuqoriligi pulga bo‗lgan talabni oshiradi.
Pul taklifi hajmi o‗zgarmagan holatda talabning oshishi foiz
stavkasini ko‗rsatilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo‗lgan
sharoitda ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo‗lgan talabi
pasayadi.
Investitsiya harajatlari yalpi talabning bir qismi bo‗lganligi tufayli
bu yalpi talab hajmining pasayishiga olib keladi.
P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi
shuni
bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, jamg‗arilgan moliyaviy aktivlari
(omonatlar, obligasiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi.
Bunday sharoitda aholi moliyaviy aktivlarning real qiymatini tiklash
uchun joriy daromadidan iste‘mol xarajatlar miqdorini qisqartiradi.
Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so‗m bo‗lsa, undan hech
ikkilanmasdan birorta
avtomashina sotib olishi, agarda inflyatsiya
ta‘sirida mashina narxi 12 mln. so‗mga ko‗tarilsa, u mashina sotib
ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so‗m to‗plash
uchun joriy davrda
olgan ixtiyoridagi daromadidan ko‗proq qismini jamg‗aradi.
Iste‘mol xarajati yalpi talabning bir qismi bo‗lganligi tufayli uning
kamayishi ADning pasayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: