ta'limning insonparvarlashuvi - bola manfaatlari, huquq va
erkinliklarini kafolatlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish
va rivojiantirish, milliy va umumbashariy qadriyatlar
ustuvorligini, insonning jamiyat va atrof-muhit bilan o'zaro
munosabatlari uyg'unligini ta'minlash;
ta'limning ijtimoiylashuvi - ta'lim oluvchilar dunyoqarashini
shakllantirish va yuksaltirish, ularda erkin, mustaqil va ijodiy
fikrlash ko'nikmalarini qaror toptirish;
ta'limning milliylashuvi - ta'limning tariximiz, milliy an’ana
va urf-odatlar bilan uzviy bog'liqligi, O'zbekistonda istiqomat
qilayotgan barcha xalqlar tarixi va madaniy qadriyatlarini
saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning eng
muhim omili sifatida e'tirof etish;
ta'lim-tarbiyaning uzviy bog'liqligi - bu jarayonning har
tomonlama barkamol insonni shakllantirishga yo'naltirilgani;
iqtidorliyoshlarni aniqlash - yoshligidanoq har bir bolaning
qobiliyati va qiziqishlarini e'tiborga olib, asta-sekin muayyan
sohaga yo'naltirib borish, mukammal bilim olishi uchun zarur
shart-sharoit yaratish.
Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi 1.
Ma'ruza matnini o'qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing: В./ В. /В, texnologiyasi
В - bilaman
В - men uchun yangi ma’lumot
В - men bilgan ma'lumotni inkor etadi
? - noaniq (aniqlashtirish talab etiladigan] qo'shimcha
ma'lumot.
1. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.
486
Mavzu savollari В В В 1. M aktabgacha ta'lim ning m azm un- mohiyati va ta ’lim tizimida tutgan o'rni