KIRISH
Mamlakatimizda ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida
e’tibor qaratiimoqda. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021
yillarga mo'Ijallangan Harakatlar strategiyasida maktabga
cha ta’lim tizimini qayta ko'rib chiqish va uni yanada takomil
lashtirish vazifalari belgilab berildi.
Bu muammolarni to'laqonli hal etishda o'qituvchi-peda-
gogning intellektual salohiyati va
kasbiy mahorati muhim aha-
miyat kasb etadi. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ish
larni pedagogik tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarining
samarali kechishini ta'minlash zaruriyati yuzaga keldi. Bu ta
lablar pedagogika oliy o'quv yurtlarining maktabgacha ta'lim
yo'nalishi bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga ham taalluq-
li bo'lib, bu ixtisos beradigan fanlarning nazariy jihatdan yana
da takomillashtirishni taqozo etadi.
"Maktabgacha pedagogika” fani bo'yicha tayyorlangan ush
bu darslikda ana shu nazariy-metodologik asoslarga tayanilgan
holda asosiy e'tibor - maktabgacha pedagogikaning umumiy
asoslari, uning ilmiy-tadqiqod metodlari, maqsad va vazifalari,
maktabgacha ta’lim didaktikasi, O'zbekistonda maktabgacha
ta'limning vujudga kelishi, rivojlanishining
asosiy bosqichlari,
ta’lim sohasi bo'yicha qabul qilingan huquqiy-me’yoriy qonun
hujjatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tamonlama tar-
biyalashning o'ziga xos xususiyatlar, shakl va usullari, bolalarni
maktab ta'limiga tayyorlashning nazariy asoslari, oila, maktab
va maktabgacha ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlik alo-
qalari, turli xil maktabgacha ta'lim muassasalari ishini tashkil
etish, ularga rahbarlik qilish va maktabgacha ta'lim tizimi to
monidan nazorat qilish kabi masalalar tahliliga qaratilgan.
Darslikda ilk bor maktabgacha pedagogika fanining vu
judga
kelish tarixi, maktabgacha ta'lim didaktikasi, Maktab
gacha ta'lim vazirligi faoliyati, "Bolalar huquqlari to'g'risida
3
Konvensiya"ni ta'lim-tarbiyaviy jarayonga qo'llashning na
zariy va amaliy jihatlari yoritiiganligi ushbu manba nufuzini
oshiradi.
Shuningdek, mazkur masalalar bo'yicha chet davlatlarda
pedagog-psixolog va olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy
izlanishlar bo'yicha fikr va mulohazalari ham o'rin egallagan.
Darslikda ajdodlarimizdan meros bo'lib
qolgan tarbiya
an'analari va aqidalari, metodi va yo'l-yo'riqlari nazariy jihat
dan tahlil qilingan. "Maktabgacha pedagogika”ning nazariy
asoslari insonning aqliy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan,
Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari xalq merosi va
umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
Mazkur masalalar mantiqan bir-biri bilan uzviy bog'liq hol
da izchil tadqiq etilishi maktabgacha pedagogika sohasida
amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlar
ni tashkil etishda yangicha yondashuvni taqozo etadi.
Bu hoi
asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g'oyaviy-nazariy da
rajasini ta'minlashga, uning mazmunini umumiy pedagogi
ka fani tomonidan ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va na
zariy qoidalar negizida talabalarni kasbiy tayyorlash va mal-
akalarini o'zlashtirishga imkon yaratadi.
“Maktabgacha pedagogika” fanini o'rganish orqali talabalar
tug'ilgandan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni oilada va mak
tabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlari mazmu
ni va metodlarini, uni tashkil etish shakllarini, bolalarning
maktabga tayyorgarligining
samarali metodlari, maktabga
cha ta’lim tizimi shakllanishining tarixiy jihatlari, maktabga
cha ta'lim muassasalarini tashkil etish va ularga rahbarlik qil
ish tamoyillari, ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta'minlash
va nazorat qilish masalalari haqida ma’lumotga ega bo'ladilar.
Bu masalalarni chuqur va har tomonlama o'rganishda pe
dagogika fanlari asoslari va umumiy nazariy-metodologik
qoidalarga tayanilgan. Maktabgacha pedagogika fanining
g'oyaviy-nazariy darajasini ta'minlashga, uning mazmunini
4
pedagogika fani sohasida qo'lga kiritilgan ilmiy-nazariy yutuq-
lar xulosalar negizida yoritishga imkon beradi.
Ushbu darslikning har bobida tayanch iboralar,
nazorat
va test savollari, zamonaviy pedagogik texnlogiyalar asosi
da yaratilgan ishlanmalar, ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar
ro'yxati taqdim etilgani talabalarning har bir mavzuni chuqur
o'zlashtirishi va mustahkamlashga, shuningdek, ularda o'z us
tida mustaqil ishlash ko'nikmasining hosil bo'lishiga xizmat
qiladi.
Ushbu darslikni yaratishda mustaqillik yillarida mazkur so-
hada faoliyat yuritgan yetuk olim va mutaxassislar tomonidan
chop etilgan ilmiy-uslubiy manbalardan foydalanildi.
Darslik maktabgacha ta'lim yo'nalishi tizimida faoli
yat ko'rsatayotgan
barcha pedagoglar, maktabgacha ta'lim
muassasalari, metodistlari, pedagogika universiteti, institut-
lari talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo'lib xizmat qiladi.
5