Uzluksiz tálim tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish mexanizmi



Yüklə 15,07 Kb.
tarix05.04.2023
ölçüsü15,07 Kb.
#93419
Smetova Jumabiyke Tezis


Uzluksiz tálim tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
mexanizmi
Jumabiyke Smetova NDPI Pedagogika nazariyasi
va tarixi mutaxassisligi 2-kurs magistranti
Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Shu maqsadda, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga o‘rgatish zarur. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Uzluksiz taʼlim - oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va birbirini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi. Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shartsharoitlar yaratadi. Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari kuyidagilardan iborat: taʼlimning ustuvorligi — uning rivojlanishining 1darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, taʼlim va yuksak intellektning nufuzi; taʼlimning demokratlashuvi — taʼlim va tarbiya uslublarini tanlashda oʻquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, taʼlimni boshqarishning davlatjamiyat tizimiga oʻtilishi; taʼlimning insonparvarlashuvi — inson qobiliyatlarining ochilishi va uning taʼlimga boʻlgan turli tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining taʼminlanishi, inson, jamiyat va atrofmuhit oʻzaro munosabatlarining uygʻunlashuvi; taʼlimning ijtimoiylashuvi — taʼlim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi — taʼlimning milliy tarix, xalq anʼanalari va urfodatlari bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, taʼlimni milliy taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida eʼtirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; taʼlim va tarbiyaning uzviy bogliqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga taʼlimning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shartsharoitlar yaratish. Uzluksiz taʼlim taʼlim jarayonida samarali natijalarga erishish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim quyidagi ta‘lim turlarini o‘z ichiga oladi: maktabgacha ta‘lim, umumiy o‘rta ta‘lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi, oliy ta‘lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta‘lim. O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimining bunday turlarining har bir bosqichida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy modeli jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, pedagogik tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsad esa zamonaviy pedagogik texnologiyalarning bosh bo‘g‘ini hisoblanib, u pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z vaqtida yangilash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Pedagogik texnologiya - ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash.
Pedagogik texnologiyalarning vazifalari - pedagog-o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyatidan xabardor qilish hamda ularni maxsus fanlar asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etishga, ta’lim jarayonini mukammal modul asosida loyihalashga erishish, ta’lim jarayonini loyihalash texnologiyasidan oqilona foydalana olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishga, ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning puxta, chuqur o‘zlashtirilishi va ularda amaliy ko‘nikma va malakalar hosil bo‘lishining kafolati bo‘la olishga o‘rgatishdan iborat. Ta’lim jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarni kiritish va ularni qo‘llashda quyidagi vazifalar belgilanadi va hal etiladi:
- pedagog-o‘qituvchilarni zamonaviy ta’lim texnologiya asoslari bilan tanishtirish - ma’ruza, adabiyotlar tavsiya etish;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalar asosida ishlashni xohlovchi fidoyi
o‘qituvchilarni aniqlash. Ular orqali pedagog-o‘qituvchilarga zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdan ko‘zda tutilgan maqsadni, uning
mohiyatini etkazish;
zamonaviy ta’lim texnologiyalar asosida ishlovchi pedagogo‘qituvchilarning ta’lim jarayonini tashkil etishga ijodiy yondashuvi amaradorligini baholashning ishonarliligini ta’minlash uchun uning monitoringini olib borish, kuzatuv va tahlillar o‘tkazish, metodik yordamlar ko‘rsatish va ularning hisobotlarini eshitib borish;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalar asosida ishlovchi pedagogo‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya loyihasini mashg‘ulotlar jarayonida sinash, maqsadning natijalanganlik darajasini tahlil etish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ishlashning afzalliklarini innovator o‘qituvchilarni kafedra yig‘ilishlaridagi ilmiy-uslubiy seminarlarda, oliy o‘quv yurtlari ilmiy kengashlarida chiqishlarini tashkil etib, pedagogik jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;
- oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ishlovchi innovatsion (pedagogik texnologiya) markazlar zarur didaktik va metodik materiallar, texnika vositalari bilan ta’minlanishi zarur;
- ta’lim texnologiyalar va undan ta’lim jarayonida foydalanish borasidagi
nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan ilg‘or pedagog-o‘qituvchilardan
innovator pedagogik jamoani shakllantirish va h.k.
Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muayyan samaradorlikka erishish bilan bir qatorda barkamol shaxs va raqobatbardosh malakali mutaxassislarni tarbiyalashga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. N.N.Azizxodjaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. TDPU.2003.
2. Z.F.Sharapova Talim texnologiyalari. Tashkent 2019.
Yüklə 15,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin