N. M. Kayumova


MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT
METODLARI
METOD HAQIDA TUSHUNCHA, PEDAGOGIK TADQIQOT
METODLARI
Metod (lotincha-metodas-yo'l so'zidan) tadqiqot yo'li, na- 
zariya, ta'limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifati­
da «metod» so'zi keng ma'noda muayyan maqsadga erishish 
yo'lini, tor ma'noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qo­
nuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish 
usulini bildiradi.
Obyektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o'rganish ke­
rak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mav­
jud bo'lib, ular o'zaro uzviy bog'liqdir.
Pedagogika fani o'z mazmun-mohiyatini boyitishda/yangi- 
lashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsa­
di va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o'rganiladi.
Usul va metod tushunchalari o'zaro bog'liqdir, chunki ular­
ning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham namoyon 
bo'ladi.
Pedagogika fani o'z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangi- 
lashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsa­
di va vazifalariga muvofiq keladigan usullar bilan o'rganadi.
Umuman, pedagogika amaliyotida o'qitish usullari va 
metodlarining juda katta boyligi to'plangan. Ularni tanlashda 
turli sharoitlar, o'qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning 
yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarliki darajasi va hokazolar 
hisobga olinadi.
Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni 
tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning real jarayonlariga xos 
bo'lgan ichki yo'llari, uslublari va vositalari majmui tushunila- 
di. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari qanthalik to'g'ri 
tanlasa, ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashti­
rish shu darajada yuksaladi.


Mavjud metodlar (usullar) asosan quyidagilardir:
1. Adabiyotlarni o'rganish metodi;
2. Kuzatish metodi;
3. Suhbat metodi;
4. Bolalarni ijodini o'rganish metodi;
5. MTM hujjatlarini tahlil qilish metodi;
6. Eksperiment, tajriba-sinov metodi;
7. Test sinovlar metodi metodi;
8. Statistika ma'lumotlarni tahlil qilish metodi;
9. Matematika va kibernetik metodi;
10. Sotsiologik tadqiqot metodi,
O'qitish metodi o'qituvchi va bolalar nazariy hamda amaliy 
bilish faoliyatining ta'limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan 
ilmiy vazifalarni bajarishga qaratilgan yo'Idir, degan edi pro­
fessor R.A.Mavlonova. U o'qish metodlariga quyidagi muayyan 
talablarni qo'yadi:
1. O'quv materialini o'rganishning o'qituvchi tavsiya etgan 
yo'li fikrlashning dialektik-materialistik usuli mustaqil qa- 
rashlar, irodaviy xususiyatlari va xulqning shakllanishiga olib 
borishi kerak. Ana shu talab nuqtayi nazaridan metod tarbi­
yaviy tusda bo'lishi lozim.
2. O'qish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo'lishi 
zarur. Shundagina o'qituvchi mazkur metod orqali qanday ma­
salalar qo'yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masa­
lalarni hal qilib bo'lmasligini ko'ra oladi.
3. O'qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.
4. O'qitish metodining tushunarliligi: o'qitishning yo'li 
o'quvchi uchun qabul qilinishi va qo'llanishi, o'quv materialini 
o'rganishning usuli esa bilimlarni o'zlashtirishning imkoniyat- 
lariga muvofiq bo'lishi lozim.
5. O'qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy 
talabdir.
6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligiga e'tibor.
7. O'qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning 
muvofiqligi.
29


Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko'zda tuti­
ladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo'yishni unga eri­
shish bo'yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshi- 
rishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi.
Bir so'z bilan aytganda, o'qituvchi tarbiyachi va bolalarning 
xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida 
o'quvchilar bilim, iqtidor va ko'nikmalarga ega bo'lib, o'z dun- 
yoqarashini, tafakkurini va ma'naviyatini yuksaltirishga eri- 
shadiiar.
Ta'lim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga 
asoslanib tahlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul 
hisoblangan.
Yan 
Amos 
Komenskiyning 
"Buyuk 
didaktika", 
K.D.Ushinskiyning "Inson tarbiya predmeti sifatida” asarlarida 
masalaga shunday yondoshishni ko'rish mumkin.
O'quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun 
muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga 
asoslangan empirik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin